1-Amaliy mashg’ulot:
Mavzu: Axborotlarni ximoyalovchi dasturiy vositalar bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari.
Axborot
xavfsizligini ta’minlash qonunchiligini o`rgatish.
Kutilayotgan natija: Talabalarda axborotlarni himoyalashning texnik
va dasturiy vositalari
hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning maqsadlari haqida amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi.
Amaliy jihozlari: Kompyuter,
Windows operatsion tizimi, Antivirus va arxivaror dasturlari.
Nazariy ma’lumotlar.
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining
axborotlarini himoyalashga
quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
Axborot xavfsizligi –
bu axborot foydalanuvchilariga va ko’plab axborot tizimlariga zarar
keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni
va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.
Axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari quyidagilar xisoblanadi:
–Ma’lumotlar butunligi – axborotni yo’qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek
ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo’lmagan holda hosil qilish yoki yo’q qilishdan himoya qilish.
–Axborotning konfedentsialligi – axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va
unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz nusxa ko’chirishning
oldini olish
ta’minlangan bo’ladi.
–Foydalanish
huquqlariga, ya’ni mualliflikka ega barcha
foydalanuvchilar axborotdan
foydalana olishliklari.
Axborotlarni xavfsizligini ta’minlashda ma’lumotlarni arxivlash
va ularning ahamiyati
quyidagicha.
Axborot xavfsizligi tahdidlarining turlari sun’iy va tabiiy tahdidlardir.
SUN’IY.
• Tasodifiy.