|
1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar, ularning struktura tuzilishlari, dissotsiyalanishi, olinish usullari, kimyoviy xossalarini о‘rganish
|
bet | 15/17 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 280,34 Kb. | | #272667 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg’ulotMustaqil ishlash uchun: Cl2O, Cl2O3, Cl2O5, Cl2O7 birkmalarida bir xil massadagi xlorga kislorod massalarining nisbati qanday o’zgaradi?
Moddalar massasining saqlanish qonuni.
Modda hech qachon yo'qolib ketmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi. Olamdagi moddalarning miqdori hamma vaqt o'zgarmasdan qoladi. «Bir yerda qancha materiya kamaysa, ikkinchi bir yerda shuncha materiya ortadi» degan fikrni miloddan 5 asr ilgari yunon faylasuflari aytib o'tgan edilar. XVII va XVIII asrning materialist faylasuflari bu fikrni hech qanday isbotga muhtoj bo'lmagan qonun, deb hisoblar edilar. Biroq o'sha zamondagi kimyogarlar bu qonunning kimyo uchun naqadar muhim ekanligini tushunmadilar va kimyoviy jarayonlarning miqdoriy tomoniga e'tibor bermadilar. Moddalar massasining saqlanish qonunini 1748-yilda rus olimi M.V.Lomonosov og'zi payvandlangan kolba retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-89-yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq idishda metallardan metall oksid olish tajribasini o’tkazdi va bunda tajribalarda umumiy massa o'zgarmasligini kuzatgan va bu o'ziga xos yangilik − yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri-modda massasining saqlanish qonuni ochilgan. Bu qonunning ta’rifi quyidagicha:
• Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasining yig’indisi, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasning yig’ndisiga teng.
Ekvivalentlar qonuni.
Ingliz olimi Dalton XVIII asrning oxirida elementlarning o'zaro muayyan miqdordagina birika olishini aytdi hamda bu miqdorlarni «birikuvchi miqdorlar» deb atadi. Keyinchalik «birikuvchi miqdorlar» termini «ekvivalent» termini bilan almashtirildi. Ekvivalent - teng qiymatli demakdir. Ekvivalentlik tushunchasini 1820 yilda Volleston tomonidan fanga kiritilgan. Elementlarning ekvivalentini aniqlashda vodorod va kislorod ekvivalentlari asos qilib qabul qilingan. Elementning 8 og'irlik qism kislorod yoki 1,008 og'irlik qism vodorod bilan birikadigan, yoki birikmalarda shuncha kislorod, yoxud shuncha vodorod o'rnini oladigan og'irlik qismini ko'rsatuvchi son shu elementning ekvivalenti deyiladi.
Elementlarning ekvivalentini topish: elementning nisbiy atom massasini shu elementning valentligiga nisbati orqali topammiz.
Eelment-elementning ekvivalenti.
Ar-elmentning nisbiy atom masasi.
V-elmetning valentligi.
Masalan:
1. Al ning ekvivalentini aniqlang?
ga teng.
2. Mustaqil ravishda Cu(II), Fe(III), C(II,IV), P(III), Hg, Au, Ag, Zn larning ekvivalentini aniqlang?
Oksidlarning ekvivakentini topish: Buning uchun oksidning malekulyar massasini oksid hosil qilgan elemet soni va valentligi (indeksidagi son) ko’paytmasining nisbatidan topamiz.
Eoksid-oksidning ekvivakenti.
Mr-oksidning molekulyar massasi.
V-oksid hosil qilgan elementning valentligi.
n-oksid hosil qilgan element soni.
Masala:
1. Al2O3 ning ekvivalentini aniqlang?
Birnchi navbatda Al2O3 ning malekulyar massasini topaniz.
Mr(Al2O3)=2Ar(Al) + 3Ar(O)=2·27 + 3·16 = 54+48=102 g/mol ga teng.
ga teng.
2. Mustaqil ishlash uchun: CuO, CrO3, Cl2O7, P4O10, Na2O larning ekvivalentini aniqlang?
Asoslarning ekvivalentini topish: Buning uchun asosning malekulyar massasini asos tarkibidagi - OH lar soniga nisbati orqali topamiz.
E asos-asosning ekvivalenti. M-asosning molekulyar massasi. n-OH lar soni.
Masala:
1. Al(OH)3 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr(Al(OH)3)=Ar(Al) +3Ar(O) +3Ar(H)=27 + 3·16 + 3·1 = 78g/mol
ga teng.
Agarda asoslarning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, asosning reaksiya paytida nechta gidroksil gruppasini almashgan bo’lishiga qaraladi.
2. Mustaqil ishlash uchun: Cr(OH)3, Ca(OH)2, Fe(OH)3, Pb(OH)4 larning ekvivalentini aniqlang?
Kislotalarning ekvivalentini topish: Buning uchun kislotaning molekulyar massasini kislota tarkibidagi vodorod atomlari soniga nisbati orqali topamiz.
E kislota-kislotaning ekvivakenti. M kislota- kislotaning malekulyar massasi. nH-kislota tarkibidagi vodortodlarning soni.
Masala:
1. H2SO4 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr(H2SO4)=98g/mol
Agarda kislotaning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, kislota reaksiya paytida nechta vodorod atomi almashgan bo’lishiga qaraladi.
Masalan:
H3PO4 + NaOH → NaH2PO4 + H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 1 tasi metall bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 1 ga nisbati orqali topamiz.
H3PO4 + 2NaOH=Na2HPO4 + 2H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 2 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 2 ga nisbati orqali topamiz.
H3PO4 + 3NaOH=Na3PO4 + 3H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 3 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 3 ga nisbati orqali topamiz.
Demak, kislota tarkibidagi vodorod atomlarining nechtasi metall bilan almashgan bo’lsa, shu songa nisbati orqali topamiz.
3. Mustaqil ishlash uchun: HCl, HNO3, H3PO4, CH3COOH, H3BO3, H2CO3 larning ekvivalentini aniqlang?
4. 1.5 mol NaOH bilan 1.5mol H2SO4 bilan reaksiyaga kirishgani aniqlandi. Kislotaning ekvivalentini aniqlang?
Tuzlarning ekvivalentini topish: Buning uchun tuzning malekulyar massasini tuz hosil qilgan metallning soni bilan valentligi ko’paytmasiga nisbati orqali topamiz.
Etuz- tuzning ekvivalenti. Mr- kislotaning malekulyar massasi. VMe-tuz hosil qilgan metalning valentligi. nMe-tuzdagi metall soni.
1. Al2(SO4)3 ning ekvivalentini aniqlang?
Mr(Al2(SO4)3)=342g/mol
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidlovch va qaytaruvchilarning ekvivalentini topish: Buning uchun oksidlovchi bo’lsa, qabul qilgan elektro’nlar soniga nisbati orali qaytaruvchiniki esa bergan elektro’nlar soniga nisbati orqali topamiz.
HCl + KMnO4 + H2SO4 = Cl2 + K2SO4 + MnSO4 + H2O
quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidagi oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalentini topamiz. Bu reaksiyada oksidlovchi - KMnO4 Qaytaruvchi - HCl dir. Ularning oksidlanish darajasining o’zgarishiga qaraymiz. Mn+7 dan Mn+2 ga o’zgardi yani 5ta elekton qabul qildi. Cl-1 dan ClO ga o’zgargan yani 1ta electron bergan.
Elementlar bir-biri bilan o’zaro ekvivalentlariga proporsianal miqdorda birikadi.Bu qonunga asosan reasiaga kirishuvchi moddalar massalarining yoki birkmadagi elementlar massa ulushlarining bir-biriga nisbati ularning ekvivalent massalarining nisbatiga teng.
Bu tenglamada biror element ekvivalenti E1 ni topish uchun massa ulushi yoki modda massalari nisbatidan tashqari E2 malum bo’lishi kerak. E2 vodorodli birikmada vodorodning, kislorodning yoki element massasi aniq bo’lgan biror elementning ekvivalent massasidir.
Masala:
1. Massasi 0,728 g bo’lgan metall kislorodda yonganda 0,9072 g metall oksidi hosol qildi. Metallning valentligi II ga teng. Metallning ekvivalentini va metalni aniqlang?
Berilgan:
mMe=0,728g
mmetal oksidi=0,9072g
EMe=?
|
Yechish:
Metallning ekvivalentini topish uchun qancha koslorod biriktirganini aniqlaymiz. Metall oksididan metall massasini ayirsak birikgan kislorod massasi kelib chiqadi.
mO= mmetal oksidi- mMe =0,9072g-0,728g=0,1792g O2 birkgan.
bu fo’rmulaga qo’yish orqali metallning ekvivalentini topamiz.
0,728g·8g=EMe·0,1792g
EMe=32.5g bo’lsa, valentligiga ko’paytirsak nisbiy atom massasi lelib chiqadi.
32.5·2=65g bu metall Zn- ruxdir.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Kimyoviy birikmalarning asosiy sinflari, oksidlar, kislotalar, gidroksidlar, tuzlar, ularning struktura tuzilishlari, dissotsiyalanishi, olinish usullari, kimyoviy xossalarini о‘rganish
|