1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ta’lim texnologiyasi fanining ilmiy nazariy asoslari




Download 50 Kb.
Sana12.02.2024
Hajmi50 Kb.
#155321
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ta’lim texnologiyasi fanining ilmiy - nazariy asoslari
Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o‘rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq o‘qitish, ta’lim jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o‘qitishdan foydalanish, deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining bog‘liq eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yichakafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir 18 ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida talaba mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o‘zi xulosa qila olsa, o‘ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, o‘qituvchiesa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quvpredmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonida o‘qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida ko‘rilganda, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo‘yicha tasavvur etish mumkin. Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari - ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, maqsad, natija, ta’lim mazmuni, o‘qitish usullari, tashkiliy shakllari, vositalari, nazorat qilish va baholashdan iborat. Pedagogik jarayon o‘quv maqsadini qo‘yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo‘lishi lozimki, uning vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni qurish imkonini bersin. Ta’lim texnologiyasining maqsadi o‘rganilayotgan o‘quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan holda aniqlanadi hamda ta’lim maqsadiga mansub bo‘ladi. Ta’lim mazmuni, o‘quv materiali quyidagilarda o‘z aksini topadi: mazkur fanni o‘qitish mazmunini o‘zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining matni, axborot manbalari. O‘qitish usullari, vositalari va tashkiliy shakllari, ya’ni ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg‘un holda tanlab olinadi hamda amaliyotga tatbiq etiladi. Shuningdek, bunda ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jihozlanishi, ijtimoiy muhit ham hisobga olinadi.

Nazorat qilish, baholash usullari va vositalari: qo‘yilgan maqsad va o‘quv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi. Agar qo‘yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon nihoyasiga yetadi. Bunda qo‘yilgan maqsad bilan olingan natijaning to‘liq mosligini ta’minlashni ko‘rsatib o‘tish zarur, chunki ular predmetning obyektiv muhim qonunlaridan kelib chiqadi. Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-subyektiv emotsional xarakterga egadir. U pedagogning shaxsiy-individual sifatlariga, ijodiy qobiliyatiga, mahoratiga, kasbiy-psixologik xususiyatlariga hamda ta’lim oluvchilarning shaxsiy-individual sifatlariga, intellektual, psixofiziologik, psixoemotsional va boshqa xususiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham uning natijasi variativ xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ko‘rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi ham mavjud bo‘lmasa, unda pedagogik jarayon to‘liq kechmaydi yoki ko‘zlangan natijani to‘liq bera olmaydi. Har qanday holda ham bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi.


Ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda dahldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi: ta’limni didaktik loyihalash
(1), loyihani amalga oshirish
(2), ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihasiga tuzatish, o‘zgartirishlar kiritish
(3), ta’limni takrorlash
(4), yakuniy nazorat
(5). Bu xodisalarni 1- va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi hamda o‘quvchining diqqat markazida turadi: o‘qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib talim oluvchilarni o‘zlari erishgan yutuqlaridan ogoh qilib turadi; o‘quvchilar esa o‘z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana ko‘paytirishga, ikkinchisini esa bartaraf etishga intiladi.
Ta’lim texnologiyasining o‘ziga xos belgilari Ta’lim texnologiyasi - ta’lim maqsadlarini aniq belgilash
(1) - ta’limni qo‘yilgan maqsadga yo‘naltirish
(2) - natijani kafolatlash
(3) - ta’lim natijasining shaxsiy qiymatini oshirish
(4) - joriy natijalarni baholash
(5) - o‘quvjarayonini kichik mantiqiy qadamlarga bo‘lish
(6) - monitoringa asoslangan holda tuzatishlar kiritish
(7) - ta’limni takrorlash va nazorat qilish
(8) - tuzatish va o‘zgartirish kiritilgan ta’lim natijasini baholash
(9) - etalon darajasida o‘zlashtirish va baholash
(10) O‘quv materiallarining mazmunini o‘rgatishda ko‘zda tutilgan maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchilar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, berilgan vazifalar, topshiriqlar miqdori, qo‘llaniladigan usullar, mavzular bo‘yicha o‘tkaziladigan test savollari, reyting nazorat bosqichlari, etalon darajasida o‘zlashtirish usuli oldindan belgilab qo‘yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.
Ta’limning harakatchan modelini ongda yaratish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bo‘lib, bu san’atni egallagan o‘qituvchi ta’limning jarayonining kechishiga ko‘ra zudlik bilan o‘zgartirish, qo‘shimcha tuzatishlar kirita oladi
(1), u ta’lim jarayonini qurish, yana takroriy qurish, zarur bo‘lsa yana qayta qurishni osonlik bilan amalga oshiradi
(2), ta’lim oluvchilarni har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga yo‘naltiradi
(3), ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni guruhlarga ajrata oladi
(4), har bir guruhga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi
(5), ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan vositalar tizimini, vazifa- topshiriqlarni ishlab chiqadi
(6), sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha motivatsion mashg‘ulot, qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish uchun shart-sharoit tayyorlaydi, ularni faollashtiradi
(7). Ta’lim texnologiyasi doirasida tashkiliy-uslubiy jihatdan oldindan qo‘yilgan ta’lim maqsadlariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor nazariyalarni yaratishga qaratilgan bo‘lsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi.
Ta’lim texnologiyasi quyidagi uch bosqichdan iborat bo‘lgan ko‘plab operatsiyalarni qamrab oladi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash. I. Loyihalash - mo‘ljallangan maqsad, uni amalga oshirish usuli va vositalari yig‘indisini aniqlashdan iborat. Bu blok doirasida quyidagi ketmaketlikda operatsiyalar amalga oshiriladi:
-ta’lim texnologiyasini amalga oshirish vaqtini aniqlash: yarim Bilim Ko‘nikma Malaka Ta’lim Tarbiya Kompetensiya Vosita Usul Shakl Yo‘l Bilish faoliyati Nazorat Ehtiyoj Manfaat Maqsad Qiziqish Havas Jarayon Natija 22 yillik, yillik va butun o‘qitish davri uchun;
- o‘quv materiallarini tahlil etish;
- maqsad va didaktik vazifalarni ajratib olish;
- o‘quv materiallarini ma’lum tuzilmaga keltirish va vaqt bo‘yicha taqsimlash;
- bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish bosqichlari, shuningdek, shaxsning sifat va fazilatlarini rivojlantirishni aniqlab olish;
- ta’lim oluvchilarni qiziqtirish usuli va vositalarini aniqlash. O‘quv materiallarini takrorlash, kirish, joriy ko‘rsatmalar berish, o‘quvchilar diqqat-e’tiborini o‘quv materiallarining muhim tomonlariga jalb etish maqsadida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, qiziqarli vazifatopshiriqlar va shu kabilarni oldindan belgilab olish. Ular oldindan belgilangan va maqsadga yetaklovchi vosita sifatida qaralishi lozim. Bunday yondashuv ta’lim oluvchiga o‘z o‘quv-bilish faoliyatining tuzilmasi va mazmunini tasavvur etish imkonini beradi. Rejalashtirilgan natijalar haqida tasavvur tarkib toptirish quyidagi shakllarda rasmiylashtiriladi: bilim, ko‘nikma ish-harakat usuli, muhim yo‘nalganlik, ijtimoiy muhim shaxsiy sifat va fazilatlar va boshqa kutilgan natijalari yozishmasi. Oqilona o‘qitish modeli tuziladi, ular didaktik vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi va o‘qitish metodlari, tashkil etish shakllari, vositalari, pedagogik usullar to‘plamidan iborat. Ko‘rsatiladigan qurollar va pedagogik texnik o‘quv materiallariga, o‘quvchilarning shaxsiy q obiliyati va rivojlanganlik darajasiga uyg‘un bo‘lishi kerak. Shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy bazasi hisobga olinishi lozim. Darslarning tuzilmasi o‘ylab ko‘riladi va quyidagicha amalga oshiriladi:
- ta’lim-tarbiya ishining hozirgi holatini diagnostika qilish;
- nazorat qilinadigan muhim ko‘rsatkichlarni ajratib olish;
- pedagogik jarayon holatini joriy va yakuniy nazorat qilish;
Tashxislash va nazorat qilish natijalariga asosan qaytuvchan aloqa bog‘lash usullari va vositalarini aniqlash;
Ta’lim texnologiyasini amalga oshirish uchun ehtimoldan xoli 23 bo‘lmagan va unga xalaqit beruvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘ylab ko‘riladi.
II. Ta’lim loyihasini amalga oshirishda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
-o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha maqsad, vazifalar bilan o‘quvchilarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirish bo‘yichako‘rsatmalar berish, etalon darajasida o‘zlashtirish me’yorlarini aytib berish;
- ta’lim oluvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, bolalar diqqatini bo‘lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o‘rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg‘otish o‘qisho‘rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg‘otish. Emotsiyalar, tafakkur hodisalari bilimlarni o‘quv holatlariga tatbiq etish yo‘llari orqali mavzu bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, to‘plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga oid o‘zgartirish, qo‘shimcha, tuzatishlarni belgilash;
- bo‘lim yoki mavzu bo‘yicha to‘plangan bilimlarga ishlov berish. Ta’lim jarayoni sxolastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulotda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. Binobarin, o‘rganilgan natijalarga asoslanib loyihaga yangi o‘zgartirish, qo‘shimcha, tuzatishlar kiritiladi, bolalarning etalon darajasiga qanchalik yaqinlashganliklari ham aytib o‘tiladi;
- bo‘lim yoki mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o‘quv holatlariga tatbiq qilish. Oraliq nazorat natijalariga ko‘ra mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha axborot to‘plash, to‘plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o‘quvchilar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o‘quvchilarning bilim, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlaridagi kamchiliklarini ko‘rsatish, har bir o‘quvchiga yakuniy nazoratgacha bajaradigan qo‘shimcha topshiriqlar berish, ularni o‘quv materiallarini yanada atroflicha etalon darajasida o‘zlashtirishga rag‘batlantirish;
- yakuniy nazoratning asosiy funksiyasi – ta’lim oluvchilarning bilim 24 va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o‘zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni ogohlantirish, qo‘shimcha topshiriqlar berish.
III. Nazorat qilish – baholash blokining vazifasi qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishning borishi haqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish, ya’ni muntazam ravishda qaytuvchan aloqani ta’minlash va axborotga qayta ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur hollarda kelgusida harakatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi va nihoyat, qo‘yilgan maqsad va olingan natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tashqi shart-sharoitlar o‘quvbinolari, xonalarni jihozlashda, texnik va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik darajasida, ijtimoiy muhit va boshqalarda o‘z aksini topadi. Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi omillar o‘ziga xos to‘siq bo‘lishi ham mumkin:
-pedagogik tizimning barcha tashkiliy elementlari va ularning o‘zaro aloqadorligida uyg‘unlikning mavjud emasligi;
-ta’lim jarayoni ishtirokchilarining psixologik, shaxsiy-individual va boshqa xususiyatlari.
- ta’lim beruvchining kasbiy kompetentligi kabilar.
Pedagogik texnologiyalar qo‘llash darajasiga ko‘ra:
- umumiy texnologiyalar (katta);
- xususiy texnologiyalar (o‘rta);
- kichik modulli universal (kichik) texnologiyalarga ajaratiladi. Ta’lim maqsadlarini, baholash mezonlarini hamda ta’lim sharoitlarini takroriy hosil qilishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya jarayonining tarbiyaviy omillariga ham “texnologik” jarayonni keng tatbiq etish mumkin. Bu jihatdan “ta’lim texnologiyasi” ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi farqni qisqartiradi. “Ta’lim texnologiyasi” ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish va qismlashtirish, ta’lim natijalarini standartlashtirish, ta’lim jarayonidagi samarali qaytuvchan aloqa, avtomatlashtirish imkoniyatlari 25 kabi muhim ta’lim muammolarini hal qilish imkonini beradi. Ushbu muammoni ishlab chiqishda “ta’lim texnologiyasi”dagi o‘qitishtizimlarini qurishdagi tajribani hisobga olish va tanqidiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonining “texnologik” qurilishi qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Ularga, birinchi navbatda, didaktik maqsadlarni ishlab chiqish, ularni muvofiq ravishda tarkib toptirish, mos ravishdagi ta’lim jarayonini loyihalashtirishda uning shakl va mazmuni muvofiqligini ta’minlash, ta’lim oluvchilar tomonidan tajribaning to‘laqonli o‘zlashtirilishi, barcha ta’lim oluvchilar saviyasini tenglashtirish va oshirish kabilarni kiritish mumkin. Bo‘lajak mutaxassislarni sifat jihatidan zamon talablari darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulardan kasbiy faoliyatlarida unumli qo‘llashga o‘rgatish orqali erishish mumkin. Bunday natijaga erishishda aynan texnologik yondashuv keng imkoniyatlarni ochadi.
Download 50 Kb.




Download 50 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ta’lim texnologiyasi fanining ilmiy nazariy asoslari

Download 50 Kb.