|
1-amaliy mashg’ulot Mavzu
|
bet | 1/3 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #132921 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot
1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Axborot oʻlchov birliklari. Zamonaviy kompyuter turlari va arxetekturasi. Kompyuter avlodlari. Kompyuterning asosiy qurilmalari va tizim blokining tarkibiy qismlari. Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari.
Topshiriq
Kompyuterning asosiy qurilmalari
Zamonaviy kompyuterlarning tarkibiy qismlari quyidagicha:
Sistemali blok (System block) - shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmasi bo’lib, unda tashqi qurilmalarni boshqarish sxemasi, yumshoq va qattiq disk yurituvchi va tok manbai bloki joylashgan.
Klaviatura (Keyboard) - foydalanuvchi tomonidan kompyuterga axborotlarni kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.
Monitor – komputerdagi ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma.
Sichqoncha (mouse) – displey ekranida kursorni qo’l yordamida boshqarish uchun qo’shimcha qurilma. Shu bilan birga menyu ro’yxatida kerakli elementni tanlash uchun ham ishlatiladi.
Yordamchi qurilmalar
Printer – ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi, lazer.
Trekbol – “sichqoncha”ning to’ntarib qo’yilgan xolatiga ishlaydi, unda asosan notebook xilidagi ko’chma kompyuterlarda foydalaniladi.
Djoystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan o’yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo’llaniladi.
Plotter – (graf yasagich) – chizmalarni qog’ozga chiqarish uchun hizmat qiluvchi qurilma. Qog’ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300-300 sm o’lchamgacha bo’lgan katta qog’ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
Skaner – foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Hozirda stol usti skanerlari va qo’l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o’z navbatida planshet, rulon, protektsion xillariga bo’linadi.
Strimmer – vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini o’chirib zahirada saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma.
Modem – kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha aylantirishni ta’minlovchi maxsus qurilma.
Soundblaster – axborot saqlagichlarga yozilgan ramkali audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma.
Multimediya – matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi.
|
| |