|
1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu
|
bet | 10/14 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 215,87 Kb. | | #245471 |
Bog'liq 1-amaliy 4-semsestr
Vodorod konsentratsiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan dilotometrik gazoanalizatorlarda analiz qilinayotgan gaz haydalanidigan kamera 2 da polladiydan yasalgan ingichka devorli trubka 1 joylashtirilgan. Analiz qilinayotgan gaz tarkibida bo’lgan vodorod polladiyda erib ketadi. Shunda trubka 1 uzunligi shishish ta’siri hisobiga vodorod konsentratsiyasi oshishi bilan ortadi. Chunki trubka 1 ning yuqori oxiri korpus 2 ga qotiriladi. Uning pastki qismi erkin siljiydi. Sig’imli, induktiv yoki pnevmatik ko’chish o’zgartirgichi 4 yordamida trubka 1 ning pastki oxiriga mahkamlangan plastina 3 ko’chishi o’lchanadi. Bu ko’chish ko’p komponentli gazli aralashmalardagi vodorod konsentratsiyasi bilan bog’liqdir. Pollasdiyli trubka o’rniga adsorbentdan tayyorlangan sterjen qo’llaniladigan propan , butan uglerod dioksidi yoki boshqa texnik gazlar konsentratsiyasini
o’lchash uchun mo’ljallangan sorbsion dilotometrik gazoanalizatorlar bizga ma’lum.
b rasmda analiz qilinayotgan aralashmadagi sorblangan aniqlanayotgan component massasini aniqlashga asoslangan gazoanalizator sxemasi ko’rsatilgan.So’nggisida sorbent qatlami 2 surtilgan yuzasida elektrod 3 qirqilgan pyezoelektrik plastina 1 tebranish amplitudasi yoki chastotasi o’lchash orqali amalga oshiriladi. Plastina yuqori chastotali generator 5 ning tebranish konturiga qo’shilgan va analiz qilinayotgan modda haydaluvchi kamera 4 ga joylashtirilgan.
Tenglama va munosabatlar.
Sorbent 2 qatlami bilan selektiv sorblanuvchi aniqlanayotgan component koeffitsienti o’zgarganda sorbent 2 ning massasi o’zgaradi va plastinaning tebranish chastotasini o’zgartiradi. Bunga muvofiq generator 5 ning ham tabranish chastotasi o’zgaradi. Bu generatorning chiqish signali aralashtirgich 6 ga keladi, tayanch chastotasi signali esa aralashtirgichga germetik kamera 5 da joylashtirilgan elektrod 10 li peyzokvartsli plastina 9 orqali tebranish chastotasi aniqlanadigan generator 7
а)
Тахлил қилинаётган газ
б) 2 3 4
1
2 5
Тахлил
қилинаётган 6
3 газ
10 9 8
4
7
Rasm 5.5. Sorbsion gazoalizatorlar
dan keladi. Aralashtirgich kirishida yuzaga keluvchi urish chastotasi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
|
| |