Prinsipial sxema
Metall blok 1 ko’rinishidagi detector termokonduktometrk gazoanalizatorning asosiy qismi hisoblanadi, unda ikkita yoki ko’pincha to’rtta 2, 6, 7, 8 silindr shaklidagi kamera o’yilgan. Har bir kamerada 4 sim ushlagichlar bilan elektroizolyatsiyalovchi halqa 5 ga mahkamlangan metal yoki yarimo’tkazgichli termorezistor 3 joylashtirilgan. Metall termorezistorlar 0.02-0.05 mm diametrga ega platinadan, volframdan volfram silaridan yasalgan. Ayrim hollarda sim korroziyadan shisha qobiq bilan himoyalanadi. Odatda metal termorezistorlarning qarshiligi 5-60 Om bo’ladi. Yarimo’tkazgichli termorezistorlar 0.2 0.5 mm diametrga, 2-30 kOm qarshilikka ega munchoq ko’rinishida yasaladi.
Termokonduktometrik gazoanalizator sxemasi 4-b rasmda ko’rsatilgan. Analiz qilinayotgan va yordamchi gazlar gazlarni tayyorlash blogi 9 dan doimiy hajmiy sarfda ketma-ket ulangan 2,6 va 8,7 kameralarga ma’lum tarzda uzatiladi.
4 5 6 7 8
tahlil qilinayotgan gaz Yordamchi gaz
3
2
1
б) 10
11
R0
RСР RИ
7 6 RД
RИ
tahlil qilinayotgan
RСР
12
8
Tahlil qilinayotgan gaz
gaz
2
9
13
Yordamchi gaz
Rasm 5.4. Termokonduktometrik detector(a) va gazoanalizator
(b) sxemalari.
Bu kameralarda joylashgan o’lchovchi Ri va solishtirma Rcp termorezistorlar manbasi stabilizatsiyalovchi energiya manbai 11 bo’lgan muvozanatda bo’lmagan ko’prikka ulanadi. Manba kuchlanishi shunday tanlanadiki bunda termorezistorlar 50-200°S temperaturagacha qizishi zarur. R0 rezistor muvozanatda bo’lmagan ko’prik signalining boshlang’ich sathini sozlash uchun, Rd esa uzatish koeffitsientini sozlash uchun xizmat qiladi. RI termorezistorlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining rad qilinishi gaz qatlami orqali issiqlik o’tishi kovektsiya, nurlanish va termorezistorning ingichka mahkamlangan joylari issiqlik o’tkazuvchanligi tufayli yuzaga keladi. Termorezistorlarning ish rejimi shunday tanlanadiki, bunda detector kameralaridagi issiqlik o’tkazilishi to’liqligicha gaz qatlami orqali issiqlik o’tishi hisobiga yuz berishi kerak.
|