Bu formulada : DM - aniqlanayotgan component
diffuziya koeffitsienti, membrane orqali.
S va 𝛿 – membrananing
maydoni va qalinligi;
𝜆- membrane orqali o’tuvchi gaz issiqlik o’tkazuvchanligi; KD – analizator o’zgarish koeffitsienti.
Bunga muvofiq analizator signali analiz qilinayotgan ko’p komponentli gaz aralashmasidagi vodorod konsentratsiyasi orqali aniqlanadi.
Magnit gazoanalizatorlar O’lchash prinsipi.
Magnit gazoanalizatorlar ishi asosida analiz qilinayotgan gaz aralshmasidagi aniqlanayotgan komponentning magnit maydoni bilan o’zaro ta’siriga bog’liq turli hodisalar yotadi. Magnit maydonga
tortiluvchi gazlar paromagnit, itariluvchilari esa diamagnit gazlar deb ataladi. Miqdor jihatdan gazlarning magnit xossalari magnit moyillik deb ataluvchi kattalik orqali aniqlanadi. Paramagnit gazlarning magnit moyilligi
musbat kattalik hisoblanadi, diamagnit gazlarda-manfiydir. Ko’pchilik gazlar va parlar diamagnit hisoblanadi. Paramagnit xususiyatlarga kislorod va azot oksidi ega.
Kislorodning anomal parametric xossalari xususiyati ko’p komponentli gaz aralshmalari va parlarda uning konsentratsiyasi haqida o’lchash ma’lumotlarini olish uchun qo’llaniladi. Kislorod konsentratsiyasini magnit gazoanalizatorlar yordamida o’lchash aralashmalarni soxta qo’shish usuliga asoslangan.