|
Optiko-akustik gazanalizatorlar
|
bet | 2/14 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 215,87 Kb. | | #245471 |
Bog'liq 1-amaliy 4-semsestrOptiko-akustik gazanalizatorlar
Optiko-akustik gazanalizatorlar ish prinsipi analiz qilinayotgan komponentning ma’lum to’lqin uzunligining nurlanish energiyasini tanlanma yutilishiga asoslangan, bunda bu yutulishning intensivligi gaz aralashmasidagi analiz qilinayotgan komponent konsentratsiyasiga bog’liq. Bu bog’liqlik quyidagi munosabat bilan ifodalanadi:
Iλ=I0λexp (-ελCί),
Bu yerda I0λ—gaz yutuvchi qatlamiga kirishdagi nurlanish intensivligi, Iλ — huddi shu gaz qatlamidan o’tgandan so’ng, ελ—analiz qilinayotgan komponent gaz aralashmasi va to’lqin uzuligi uchun xaraterli bo’lgan, yutilish koeffitsienti, λ; S— gaz aralashmasidagi analiz qilinayotgan komponent konsentratsiyasi; ι — yutuvchi qatlam qalinligi.
Havo namligini o’lchashda psixrometrlarning turli variantlari va shudring nuqtasi bo’yicha namlikni aniqlash ko’p tarqalgan. Psixrometrik usul havo namligi va temperaturaning quruq tc va ho’l tm ko’rsatkichlari orasidagi bog’liqlikka asoslangan. Psixrometrlarning qo’llanilishida tc- tm “psixrometrik farq” ahamiyati nafaqat havoning nisbiy namligiga balki namlikning bug’lanishi hisobiga ho’l termometrning sovish intensivligini aniqlab beruvchi psixrometr konstruktsiyasiga ham bog’liq. Shuning uchun psixrometrik jadvallar faqat aniq turdagi psixrometrlar uchun tuzilishi mumkin.
Namlikni shudring nuqtasi usuli bilan o’lchash aniq usullardan biri hisoblanadi, va ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Bu gigrometrlar temperatura, bosim va havo namligi bo’yicha keng qo’llanilish chegarasiga ega. Biroq ular konstruktsiyasining murakkabligi bilan farqlanadi, yana oyna yuzasi holatining o’lchash natijaga ta’siri bilan ham.
Gazanalizator turlari.
Gazoanalizatorlar –gaz aralshmasidagi bir yoki bir nechta komponentlarning tarkibini o’lchovchi asboblardir. Har bir gazoanalizator normallashtirilgan sharoitdagi konkret gazaralashmasi muhitida faqat ma’lum komponentlar konsentratsiyasini o’lchash uchun mo’jallangan. Alohida gazoanalizatorlar qo’llanilishi bilan bir qatorda shunday o’nlab asboblarni birlahtiruvchi gaz nazorati
sistemalari yaratiladi. Asbob qo’lda boshqariladigan yoki avtomatik bo’lishi mumkin.
Gazoanalizatorlar turiga qarab quyidagicha sinflanadi: pnevmatik, magnit, elektrokimyoviy, yarimo’tkazgichli va boshqalar.
|
| |