|
1-amaliy mashg‘ulot mavzu
|
bet | 2/4 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 251,68 Kb. | | #274739 |
Topshiriq:
Biror xavfsizlik hodisasini “Galustik-babochka” usuli yordamida tahlil qiling.
№
|
Variantlar
|
1
|
Bank ma‘lumotlarini o‘g‘irlanishi
|
2
|
Kompyuterning buzilishi
|
3
|
Dasturiy taminotning buzilishi
|
4
|
Tizimning buzilishi
|
5
|
Internet tarmo‘ini buzilishi
|
6
|
Tarmoqning buzilishi
|
7
|
Operatsion tizimni ishdan chiqishi
|
8
|
Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlanishi
|
9
|
Mobil telefonninig buzilishi
|
10
|
Elektron pochtalarning ishdan chiqishi
|
11
|
Apparat –dasturiy mahsulotni buzilishi
|
12
|
Saytlarning vaqtincha ishlamasligi
|
13
|
Korxona faoliyat tizimining buzilishi
|
14
|
Telekommunikatsiya tizimidagi uzilish
|
15
|
Flesh disklarning ishdan chiqishi
|
16
|
Protsessorni ishdan chiqishi
|
17
|
Multimediya tizimlarni buzishi
|
18
|
Printerning buzilishi
|
19
|
Kabellarning buzilishi
|
20
|
Serverning buzilishi
|
21
|
Elektron hujjatlar almashuvidagi buzilish
|
22
|
Wi-Fi tarmog‘ining ishlamaslik
|
23
|
Antena qurilmalarining ishdan chiqishi
|
24
|
Mobil ilovalarning ishlamasligi
|
25
|
Qattiq diskning ishlamasligi
|
Nazorat savollari:
Galstuk-babochka tahlil usulini tushuntirib bering
Nosozliklar daraxti tahlil usulini qanday vaziyatlarda qo‘llash mumkin
Galstuk-babochka tahlil usuli elementlariga ta’rif bering
Nosozliklar daraxti tahlil usulining elementlari va ularning vazifalarini tushunting
2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Klassik shifrlash algoritmlarini ishlash tartibini o‘rganish.
Axborotni ximoyalashning samarali usullaridan biri kriptografik himoyalashdir.
Ushbu amaliy ishda ma’lumotlarni kriptografik himoyalash usullari tasniflanadi. Ya’ni klassik shifrlash algoritmlari, simmetrik shifrlash algoritmlari hamda ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.
O‘rin almashtirish shifrlash algoritmi
O‘rin almashtirish shifrlash algoritmi uch qismdan iborat. Oddiy o‘rin almashtirish, kalit yordamida o‘rin almashtirish va ikki tomonlama o‘rin almashtirish.
Oddiy o‘rin almashtirish usuli. O‘rin almashtirishga misol tariqasida dastlabki axborot blokini matritsaga ustun bo‘yicha yozishni, o‘qishni esa qator bo‘yicha amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to‘ldirish va shifrlangan axborotni ustun bo‘yicha o‘qish ketma-ketligi kalit yordamida berilishi mumkin. Usulning kriptoturg‘unligi blok uzunligiga (matritsa o‘lchamiga) bog‘liq. Masalan uzunligi 64 simvolga teng bo‘lgan blok (matritsa o‘lchami 8x8) uchun kalitning 1,6 109 kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng bo‘lgan blok (matritsa o‘lchami 16x16) kalitning mumkin bo‘lgan kombinatsiyasi 1,4 1026 ga yetishi mumkin. Bu holda kalitni saralash masalasi zamonaviy EHMlar uchun ham murakkab hisoblanadi.
O‘rin almashtirish shifri oddiy shifrlash hisoblanib, bu usulda qator va ustundan foydalaniladi. Chunki shifrlash jadval asosida amalga oshiriladi. Bu yerda kalit (K) sifatida jadvalning ustun va qatori xizmat qiladi. Matn (T0) simvollarining o‘lchamiga qarab NxM jadvali tuziladi va ochiq matnni (T0) ustun bo‘yicha joylashtirilib chiqiladi, qator bo‘yicha o‘qilib shifrlangan matnga (T1) ega bo‘linadi.
Masalan, «Axborot xavfsizligi jadvali» matni shifrlansin.
T0=Axborot xavfsizligi jadvali
K = 5x5;
A
|
O
|
F
|
I
|
D
|
X
|
T
|
S
|
G
|
V
|
B
|
X
|
I
|
I
|
A
|
O
|
A
|
Z
|
J
|
L
|
R
|
V
|
L
|
A
|
I
|
T1=AOFID_XTSGV_BXIIA_OAZJL_RVLAI
Birinchi bo‘lib, shifrlash jadvalidan (XIV asrning oxirlarida) diplomatik munosabatlarda, xarbiy sohalarda axborotni muhofazalashda foydalanilgan.
|
| |