1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: sifat so‘z turkumi. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Sifatlarning modal shakllari




Download 295,59 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2023
Hajmi295,59 Kb.
#121394
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

1-topshiriq. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash yuzasidan savollar.

1. Sifat turkumidagi so‘zlarning leksik xususiyatlarini sanang?


2. Asliy sifatlarga misollar keltirib, izohlab bering.
3. Nisbiy sifatlarga misollar keltiring?
4. Asliy va nisbiy sifatlarni bir-biridan farqlash bo‘yicha fikrlaringiz.
5. Sifat darajalari haqida tushuncha.
6. Darajaning morfologik usulda ifodalanishini izohlab bering.
7. Darajaning leksik usulda ifodalanishini misollar asosida tushuntiring.
8. Sifatlarning gapda asosan qaysi turkumga bog‘lanib kelishini misollar bilan tushuntiring.
9. Sifat turkumidagi –mtir (-imtir), –roq, –gina (-kina, qina) qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra affikslarning qaysi turiga kiradi?
10. Sifatlarda modal shakllarning hosil qilinishiga misollar keltiring?
11. Morfologik usulda yasalgan sifatlarga misollar keltiring.
12. Sintaktik usulda yasalgan sifatlarga misollar keltiring.
13. Tub sifatlarga misollar yozing.
14. Ot va fe’l turkumidagi so‘zlardan sifatlar yasang.
15. Qo‘shma sifat qismlari qanday yoziladi?
16. Qo‘shma sifatlarning tarkibiy qismlarini izohlang.
17. Juft va takror sifatlarning o‘xshash va farqli tomonlari.
18. Sifatlar ko‘proq qaysi so‘z turkumlaridan qo‘shimchalar yordamida yasaladi?
19. Sifatlar turlanadimi yoki tuslanadimi? Javoblaringizni asoslang.
20. Sifatlarning otlashishi qanday xususiyat?


2-mashq. Sifat yasovchi qo‘shimchalarni ajrating. Uning o‘rniga sinonim qo‘shimchani qo‘yib ko‘ring.

Onasiz ishq ham bo‘lmaydi – qahramon ham, shoir ham. Shu qadar serma’no ona tilimsan, Tarjimon, eng dono ona tilimsan. Ayniqsa, qiz bola uchun hayoli, iffatli, sehrli-sirli, iboli va ochiq chehrali bo‘lishdan ham ulug‘roq husn yo‘q. Bizning jamiyatda bolalarning unumli o‘qishi eng katta siyosiy, mafkuraviy, ma‟naviy hamda iqtisodiy mavqe kasb etadi. Abdulla Qodiriy o‘z romanlariga barcha sharqona axloqiy fazilatlarni yuksak badiiy mahorat bilan olib kirdi. Dunyoda tillar ko‘pdir, hammasi ham serjarang, Yolg‘izim, sen ulardan ustun demasman, aslo… Sobit ishonch, bepisand karvonim – ona tilim, Ne qo‘yma tafakkurlar, ne olim, zakiy zotlar, Izlab topa olmadi chashi ibtidoingni, Mangulik yo‘llarida sarbonim – ona tilim!



Download 295,59 Kb.
1   2   3   4




Download 295,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: sifat so‘z turkumi. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Sifatlarning modal shakllari

Download 295,59 Kb.