|
1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: sifat so‘z turkumi. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Sifatlarning modal shakllari
|
bet | 3/4 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 295,59 Kb. | | #121394 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot3-topshiriq. 3-sinf “Ona tili savodxonligi” darsligida berilgan matn topshirig‘ini tahlil qiling.
4-topshiriq. Mavzu bo‘yicha test topshiriqlari
1. Quyidagi gapda nechta juft sifat bor? Katta-kichik oldida yakkayu yagona farzand onasini tabrikladi.
a) 1; b) 2; c) 4; d) 3
2. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg„on yomon. Ushbu gapdagi kesim bo‘lib kelgan sifatlarni toping.
a) yaxshidir, yomon; c) yaxshidir;
b) yaxshidir, achchiq, yomon; d) yomon.
3. Qaysi turkumga oid juft so‘zlar asosan antonimlardan hosil bo‘ladi?
a) ot; b) son; c) sifat; d) fe’l
4. Qaysi qatordagi qo‘shma sifat «ravish+ot» tarzida yasalgan?
a) xomkalla; c) mingoyoq ;
b) kaltafahm; d) hozirjavob.
5. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan?
a) ziyrak; c) achchiq;
b) tansiq; d) qoramtir.
6. Sifat turkumiga oid so‘zlar berilgan qatorni toping.
a) teshik, tuzoq, o‘roq;
b) qo‘rqoq, yumuq, siniq;
c) kichik, chiniq, yutuq;
d) kurak, egik, taroq.
7. Berilgan qaysi so‘zlarda be- va -siz qo‘shimchalarini sinonim sifatida qo‘llab bo‘lmaydi?
a) gunoh, hafsala; c) chora, bosh;
b) fayz, axloq; d) o‘xshov, sabr.
8. Otdan yasalgan sifatni aniqlang?
a) chiroyli; c) yaxshilik;
b) go‘zallik; d) mardlarcha.
9. Sifat yasovchi qo‘shimchalar qatorini aniqlang.
a) –shunos, –lik; c) –zor, –kor;
b) –li, –siz; d) –lar, –im.
10. Asliy sifatlar qatorini aniqlang.
a) toza, ozoda; c) yozgi, qishki;
b) maymunsimon, qishlik; d) olimnamo, oilaviy.
11. Daraja hosil qiluvchi –roq, –mtir, –ish kabi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar sanaladi?
a) lug‘aviy shakl yasovchi;
b) so‘z yasovchi;
c) sintaktik shakl yasovchi;
d) turlovchi.
12. Ot+ot ko‘rinishidagi qo‘shma sifatni aniqlang.
a) sofdil; c) mehnatsevar;
b) arzongarov; d) bug‘doyrang.
13. Otlashgan sifat ot turkumidan qanday qo‘shimchani qabul qilmaydi?
a) ko‘plik; c) egalik;
b) yasovchi; d) kelishik.
14. Otlashgan sifatlar otning qaysi kelishik qo‘shimchasini qabul qilsa, aniqlovchi vazifasini bajaradi?
a) tushum; c) jo‘nalish;
b) qaratqich; d) chiqish.
15. Xususiyat anglatuvchi sifatlar qatorini toping.
a) mehribon, xasis; c) lazzatli, shirin;
b) tinch, quruq; d) chaqqon, devoriy.
16. Yam-yashil, qop-qora, qip-qizil sifatlari qaysi darajada?
a) ozaytirma; c) qiyosiy;
b) orttirma; d) oddiy.
17. –mtir (-imtir), –ish qo‘shimchalari yordamida qanday sifatlardan daraja hosil qilish mumkin?
a) rang bildiruvchi; c) shakl bildiruvchi;
b) xususiyat bildiruvchi; d) ta‟m bildiruvchi.
18. Sifat turkumidagi so‘zlarning gapdagi asosiy sintaktik vazifasi qanday?
a) kesim; c) hol;
b) aniqlovchi; d) ega.
19. Sifat gapda qachon hol vazifasida keladi?
a) fe’lga bog‘lansa; c) songa bog‘lansa;
b) otga bog‘lansa; d) ravishga bog‘lansa.
20. Sifat oldidan juda, nihoyatda, g‘oyat, sal, hammadan singari so‘zlarni keltirish orqali daraja hosil qilish usuli qanday nomlanadi?
a) morfologik usul; c) leksik-morfologik usul;
b) leksik usul; d) fonetik usul.
5-topshiriq. O‘zingizni tahlil qiling. “BBB” texnologiyasi asosida
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: sifat so‘z turkumi. Sifatning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Sifatlarning modal shakllari
|