|
1-amaliy mashg‘ulot O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 2/2 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 22,07 Kb. | | #252988 |
Bog'liq 1-amaliy mashg‘ulot O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishninFanning vazifalari – kundalik faoliyatda hamda turmushda zarur bo‘lgan mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira olish malakalarini shakllantirish, muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini oshirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatish kabi vazifalarni nazarda tutadi.
Fanni oʻqish natijasida:
nutq jarayonida o‘zbek tili imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘lishi;
talabalarda o‘zbek tilining sohada qo‘llanishi bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarning hosil qilinishi;
sohada faol qo‘llanadigan terminlar mohiyatini anglashi nazarda tutiladi.
Talaba “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qigandan so‘ng:
o‘zbek adabiy tili me’yorlari bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo’lishi;
sohaga oid tayanch tushunchalar, so‘z va iboralardan o‘rinli va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
sohaga oid ish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish malakasiga ega bo‘lishi;
kasbiy muloqot yuritish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Tabiat va jamiyat mahsuli bo‘lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi»
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi»
Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi. O‘z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tadigan til asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtayi nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo’lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir»
Nutq tilning namoyon bo‘lishi, ro‘yobga chiqish, voqelanish shakli bo‘lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Savolga javoblarni bu sohaning mutaxassislari bo‘lgan olimlarning asarlaridan topamiz. Masalan, S.I.Ojegov: «Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq madaniyati – bu o‘z fikrlarini til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To’g’ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishdangina iborat emas. U fikrni ifodalashning aniq vositasini izlash bilan birga, birmuncha ta’sirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham o’z ichiga oladi». L.I.Skvorsov: « «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo’lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish muammolari bilan shug’ullanuvchi sohasidir»
Ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, bu, eng avvalo, nutqning to’g’riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq bo’lishi kerak, ya’ni unda noaniqlikka, ikkima’nolilikka, uzundan-uzoqlikka yo’l qo’yilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy o’lchovi bo’lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o’tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.
Shu sohaning yirik bilimdoni prof. E.Begmatovning qayd etishicha, ma’naviyatimiz tarixida «nutq odobi» deb yuritib kelingan qoidalar uning ko’hna tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. XX asrning 20-30-yillarida boshlangan «… «til qurilishi» nomi bilan atalgan ulkan lingvistik va sosial madaniy tadbirlar o’z ichiga o’sha davr tillari rivoji uchun eng zaruriy, hayotiy masalalarni qamragan edi. Chunonchi, yangi adabiy til uchun dialektal bazani belgilash, yozuvsiz tillar uchun alfavit yaratish, ba’zi noqulay alifbolarni boshqa ilg’orroq hisoblangan alfavit bilan almashtirish, adabiy tilning imlo prinsiplarini ishlash, orfografiyadagi kamchiliklarni tugatish, adabiy tilning morfologik va leksik normasidagi ikkilanish va barqarorlikni ilmiy asosda bartaraf etish, hali deyarli qo’l urilmagan juda ko’p xalqlarning adabiy tillarini o’rganish va ularning grammatikasini yaratish, millatlarning o’z ona tillarida o’quv-o’qituv ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratish, milliy adabiy tillarning o’z ilmiy terminologiyasini yaratish, milliy tillardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni o’rganish, ularning yangi yozuv grafikalarini tuzish va boshqalar.
|
| |