Plazmid DNKni bakteriya hujayralaridan ajratib olish




Download 22 Kb.
bet2/3
Sana13.09.2023
Hajmi22 Kb.
#81515
1   2   3
Bog'liq
GM 1 Amaliy mashg`ulotPlazmid DNKsini ajratish va tozalash uslublari
bibliofond.ru 895828, Dilshoda 1, MUHLISA, Kurs ishi.1, 7.2.4.3 Lab - Using Wireshark to Examine FTP and TFTP Captures, «Kitob mening do‘stimsan» tadbir ssenariysi Kitob mening do‘stim, 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne, Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokeynscha modellari reja, Kurs ishi Mavzu, 13-Mavzu. Iqtisodiy о‘sishning umumiy tavsifi va neokeynscha mod, O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol taraqqiyot yo’LI, amir temur tavalludiga bagishlangan tadbir ssenariysi www.sadikov.uz
Plazmid DNKni bakteriya hujayralaridan ajratib olish
Plazmidlarni izolyatsiyalash usullari zich o'ralgan DNK molekulalarining o'ziga xos xususiyatlariga (termik barqarorlik, kimyoviy barqarorlik) asoslangan. Hujayralarning xromosoma DNKsi va RNKsini denaturatsiyalash uchun maxsus sharoit tanlanadi. Buning uchun hujayra lizati qisqa muddatga 100°C ga qadar qizdiriladi yoki ishqoriy eritma bilan ishlov beriladi (pH 12,5). Plazmid DNKni ajratib olishning eng ishonchli usuli ishqoriy lizis usuli ( Birnboym – Doli usuli ) hisoblanadi. Usul juda oddiy, ammo ko'pgina fermentativ reaktsiyalar uchun mos keladigan plazmid DNKni tezda olish imkonini beradi. Ushbu usul ishqoriy muhitda DNK molekulalarining chiziqli strukturasining denaturatsiyasi (qoʼsh xalqaning yozilishi), ayni vaqtda yopiq xalqali molekulalarni esa denaturatsiyaga uchramasligi yoki oz miqdorda va qaytar darajada denaturatsiyaga uchrashiga asoslangan.
Hujayra ekstraktini tuzlarning yuqori kontsentratsiyasida neytrallanganda, oqsillar, genom DNK si va hujayra RNK si choʼkmaga tushadi. Bunga tuzlarning yuqori kontsentratsiyasida bir zanjirli DNK va RNK molekulalarining denaturatsiyasidan keyin tasodifiy va tartibsiz ravishda reassotsiatsiyalanishi sabab boʼladi. Reaktsiyani natriy dodetsilsulfat (SDS) ishtirokida olib borilganligi uchun hujayra RNK sining katta qismi oqsillar bilan birga choʼkmaga tushadi. Preparatdagi (ichki molekulyar qoʼsh zanjirli uchastkalari oson hosil boʼlganligi sababli, asosan, transport RNK si nisbatan oson renaturatsiyalanadi va tuzning yuqori kontsentratsiyasida erib ketadi) hujayra RNK si ning qolgan qismini RNKaza А bilan yoʼqotiladi.
Sentrifugalash yoʼli bilan choʼkmadan holi qilingan plazmid DNK sini tiniqlashgan hujayra lizatidan etanol yoki izopropanol yordamida choʼktiriladi. Bunday DNK preparatidan bir qancha maqsadlarda, masalan, restriktsion tahlillar uchun foydalanish mumkin. Koʼplab alohida tadqiqotlar uchun DNK ning bir muncha toza preparativ shakllari zarur boʼladi, masalan, klonlash chun fragmentlar tayyorlashda yoki transfektsiyani amalga oshirishda DNK keyingi tozalash boqichlari oʼtkaziladi.
Deyarli barcha molekulyar biologik tadqiqotlar uchun muvofiq keladigan kichik oʼlchamdagi DNK ning yuqori darajadagi toza preparatlarni olish uchun DNK ni shishadan tayyorlangan filtrli kolonkalarda (glass), kvarts usulida tozalash (silicaslurries) yoki silikagel (silica-gelmembrane) bilan tozalash usullari keng qoʼllaniladi. Bunda DNK xaotrop tuzining yuqori kontsentratsiyali eritmasida qaytar ravishda shisha membrana yuzasiga sorbtsiyalanadi va qolgan aralashmalarni xaotrop tuzi va 70% li etanol bilan yuviladi. Soʼngra tozalangan DNK kichik ionli kuchlanishga ega buferda ajratib olinadi (elyuirlanadi). Kam miqdordagi plazmid DNK sini yoki uning fragmentlarini xuddi shunday silikat filtrli sentrifuga mini-kolonkalarida tozalash usuli ham koʼp qoʼllaniladi. Bunday toʼplamlarni koʼplab firmalar tomonidan ishlab chiqariladi.



Download 22 Kb.
1   2   3




Download 22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plazmid DNKni bakteriya hujayralaridan ajratib olish

Download 22 Kb.