|
1-amaliy mashg’ulot
|
bet | 1/8 | Sana | 14.08.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #269489 |
Bog'liq 5-amaliy mashg\'ulot 1-AMALIY MASHG’ULOT
3D grafik muharrirda sahnani boshqarish. 3D model transformatsiyasi
Uch o‘lchovli muharrirlar turlari
Amalda barcha grafik muharrirlar nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun uskunalarga ega (1-rasm), ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham farqlanadi.
1-rasm. Autodesk 3D Studio Max (chapda) va Autodesk Maya (o‘ngda) dasturlari interfeysi.
Muharrirlarning qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan muharrirni muhim deb biladi. Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan muharrir bilan qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy imkoniyatlariga (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozisiyani bilish maqsadga muvofiq) juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi.
Uch o‘lchovli modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:
Autodesk 3D Studio Max – ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Ko‘shiladigan modul V-Ray real obyektlar va intererlarni yaratish imkonini beradi.
Autodesk Maya – boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan muxim grafik paket hisoblanadi. Unga qo‘yidagilar tegishli: subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan obyektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va b. Realistik intererlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi.
Maxon Cinema 4D – qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi.
|
| |