• TOPSHIRIQLAR
  • 1-amaliy mashg’ulot vektorli grafik muharrir oynasi bilan tanishish va uskunalar bilan ishlash




    Download 214.98 Kb.
    Sana16.03.2024
    Hajmi214.98 Kb.
    #174645
    Bog'liq
    1-amaliy mashg\'ulot
    MAVZU, fr

    1-AMALIY MASHG’ULOT

    VEKTORLI GRAFIK MUHARRIR OYNASI BILAN TANISHISH VA USKUNALAR BILAN ISHLASH.


    CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda CORELDRAW dasturiga XUSH KELIBSIZ (welcome to Corel DRAW) so`zi nomayon bo`ladi va dasturni ishga tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni so`raydi: Yangi hujjat (New Graphic), oxirgi ishlangan hujjatni ochish (Open Last Edited), hujjatni ochish (Open Graphic), tayyor shablonlarni ochish (Template), dastur o`rgatuvchini ishga tushirish (CorelTUROR).
    Yangi hujjatni yaratish uchun menyuning Fayl (File) va Yangi hujjat buyrug`i (New) yoki uskunalar satridagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun menyuning Fayl (File) va Ochish (Open) buyruqlari yoki uskunalar satridagi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
    CorelDRAW dasturida bir vaqtning o`zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo`lmagan hujjatlarni yopib qo`ysa ham bo`ladi. Bu esa, menyuning Fayl yopish (Close) buyrug`i yordamida amalga oshiriladi.[2]
    CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan:
    6.3.1-rasm. CorelDraw dasturining umumiy tuzilishi..

    Dastur ishga tushirilgandan keyin ekranda dastur oynasi namoyon bo`ladi, bu oyna foydalanuvchi interfeysi (user interface) yoki ishchi joyi (workspace) deb ataladi. Interfeys foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni o`rnatadi, ishlash uchun kerak bo`lgan barcha sharoitni yaratadi. Shuni nazarda tutish kerakki, interfeys foydalanuvchi tomonidan o`zgartirilgan bo`lib, umumiy ko`rinishidan o`zgacha bo`lishi ham mumkin. Foydalanuvchi interfeysi quyidagilardan tashkil topadi: sarlavha, bosh menyu, hujjatlarni ko`rish uchun ishchi oynalar, tasvirlarni muharrirlash uchun bir nechta panellar yig`indisidan iborat. Oynaning markazidagi katta bo`sh joy ish joyi deb nomlanib, har bir hujjat uchun alohida ochiladi.


    CorelDRAW dasturida hujjatlarni xotirada bir nechta usul bilan saqlash mumkin. Menyuning Fayl (File) va Saqlash (Save) buyrug`i yordamida joriy hujjatni joriy jildda saqlaydi. Bu amal asboblar satridagi maxsus tugma yordamida ham amalga oshiriladi. Сохранить как... (Save As) buyrug`i esa joriy hujjatni boshqa nom va boshqa jildda, va boshqacha formatda saqlash imkoniyatini beradi. Bu amalni bajargandan keyin yangi hujjatni xotirada saqlab, ekranga Tasvirni saqlash (Save Drawing) ni beradi. Versiya (Version) ro`yxatidan CorelDRAW dasturining avvalgi variantlaridan birini yoki yangi variantini tanlab hujjatni mos formatda xotirada saqlaydi.

    6.3.2-rasm. CorelDraw dasturining ishga tushirish jarayoni.

    Menyunuing Файл (File) va Открыть (Open...) buyrug`i boshqa muharrirlar yordamida yaratilgan hujjatlarni ochadi, bu yerda fayllar vektor formatli ya’ni masalan, EPS standart formatli bo`lishi kerak.


    Yuqoridagi buyruq bajarilgandan keyin ekranda Открыть рисунок (Open Drawing) muloqot oynasi chiqadi, bu yerda faylni qaysi jild va qaysi faylda ekanligini ko`rsatish kerak. Bu yerda Просмотр (Preview)dagi bayroqchani belgilash natijasida fayllar ichidagi ma’lumotlar ko`rsatiladi. Agarda faylni o`qish mumkin bo`lmasa yoki boshqa sabablarga bog`lab o`qilmasa, ko`rish oynasida krest belgisi chiqariladi. Ko`rish maydoni tagidan fayl haqida ma’lumotlar chiqariladi:

    • Версия документа (File Version) satrida hujjat xotirasida saqlangan dasturning versiyasi beriladi;

    • Степень сжатия (Compression ratio) satri faylning siqilish foizini ko`rsatadi (vektor formati ixcham, o`lchami kichik bo`ladi, shunga qaramasdan dastur faylni avtomatik tarzda siqadi);

    • Сохранен (Last saved by) satri dasturni versiyasi (platformasi) va uning relesi (masalan, build 337) haqida ma’lumot beradi.

    Ключевые слова (Keywords) va Примечания (Notes) foydalanuvchiga kerakli faylni (agarda berilgan ma’lumot faylni saqlagan paytda kiritilgan bo`lsa) tez qidirib topib berishda yordam beradi.
    Сохранить слои и страницы (Maintain layers and pages) bayroqchasi hujjatdagi qatlamlar, sahifalar haqida konvertatsiya qilishni ta`minlaydi, CDR dan boshqa formatda bo`ladi.
    Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug`i CorelDRAW dasturining ochilgan joriy hujjatdagi hujjatni import qilishni ta`minlaydi va u ikkita usul bilan bajariladi:

    • Fayllar orasida bog`lanish saqlanadi.

    • Fayllar orasida bog`lanish saqlanmaydi.

    Импортировать (Import) muloqot oynasining Открыть рисунок (Open Drawing) oynasidan farqi qo`shimcha funksiyalari va mumkin bo`lgan fayllar ro`yxati katta bo`ladi.
    Размер изображения (Image size) satrida rastrli tasvirlarni import qilganda pikseldagi o`lchov birligi va ranglarning to`qligi bitlarda beriladi. Pastdagi qatorlarda fayl formati va uning o`zgachaligi, masalan, siqish texnologiyasidan foydalanish va hokazo. Agarda fayl formati eskilarini saqlaydigan bo`lsa, uning matnini, Примечания (Notes) maydonidan kiritamiz.
    CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o`zgartirish uchun amallar bajarilgandan keyin ekranga boshqacha kursor chiqariladi. Shu kursor yordamida tasvirni hujjatning xoxlagan joyiga joylashtirishgan bo`ladi. Bu obyekt ustida masshtablashni ham bajarsa bo`ladi. Agarda proporsional masshtablamoqchi bo`lsak, u holda kursor bilan sohani chizib ko`rsatish kerak. Agar tugmasi bilan masshtablashtirilsa proporsional bo`lmaydi. Agarda masshtablash aniqlikni talab qilsa, u holda muloqot oynasidagi Импортировать (Import) ro`yxatidan foydalanishga to`g`ri keladi. Ro`yxatda uchta variant mavjud:

    1. Полное изображение (Full Image) tasvir hech qanday o`zgarishsiz import qilinadi.

    2. Изменение параметров изображения (Resample) — ekranga muloqot oyna chiqariladi, bu oynaning o`lchamini va import qilinayotgan obyekt imkoniyati (oynaning pastki qismi o`zgartiriladi va avvalgi fayllar o`lchamlari baytlarda beriladi).

    3. Кадрирование изображения (Crop) — ekranga muloqot oyna chiqariladi, oynada qo`l yordamida yoki mos bo`lgan qiymatlarni o`zgartirish bilan Сверху (Top), Слева (Left), Ширина (Width), Высота (Height) import qilinadigan yuzani chegaralash mumkin.

    Импортировать (Import) muloqot oynasidagi Связь с внешним изображением (Link bitmap externally) bayroqchaning qo`yilishi import qilishning o`zgacha rejimi bo`ladi, ya’ni tasvirlar bir-biri bilan bog`langan bo`ladi (linked image).[2]
    CorelDrawning standart obyektlari ham mavjud, ular orasida murakkablari ham birqanchadir. CorelDrawda matnlar bilan ishlash matn redaktorlariga teng keladi desa bo`ladi. Bir qancha afzalliklar matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish imkonini beradi. CorelDrawda har xil tasvirlar, ya’ni clipartlar mavjudligi tufayli foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab, tayyor illyustratsiyalar yaratish mumkin. CorelDrawning ishlash prinsiplari quyidagilardan iborat:

    • Matn kiritish va formatlash;

    • Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish;

    • Har qanday obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o`zgartirish;

    • Tayyor tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish;

    • Tasviriy effektlar berish;

    • Obyektlarni to`g`ri joylashtirish.



    TOPSHIRIQLAR


      1. CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi.

      2. Dastur ishga tushirilgandan keyingi ishlar.

      3. Xotirada bir nechta usullarda saqlash yo`llari.

      4. Menyuning Файл (File) va Импортировать (Import...) buyrug`i.

      5. CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o`zgartirish.

      6. Импортировать (Import) ro`yxatidan foydalanish.

      7. CorelDrawning ishlash prinsiplari.

    Download 214.98 Kb.




    Download 214.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg’ulot vektorli grafik muharrir oynasi bilan tanishish va uskunalar bilan ishlash

    Download 214.98 Kb.