|
-rasm. Ikkibosqichli yanchish sxemasi
|
bet | 2/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 162,49 Kb. | | #150189 |
Bog'liq AMALIY-1 (3)6-rasm. Ikkibosqichli yanchish sxemasi
Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho‘l yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi.
Yopiq siklda tegirmon spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki elak bilan birgalikda o‘rnatiladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rta va katta quvvatdagi boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) yanchishda qo‘llaniladi.
Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotning birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish, ya’ni quyulma yoki qum bo‘yicha uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar to‘liq yopiq siklda, ikkinchi holda esa birinchi bosqich tegirmonlar ochiq yoki qisman ochiq siklda, birinchi bosqichdagisi esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi.
Yanchish sxemalarini tanlashda rudaning moddiy tarkibi va fizikaviy xossalari, yanchishning talab qilinadigan o‘lchami, minerallar yuzasining ochilish darajasi, kapital va ekspluatatsiya harajatlari va boshqalarni hisobga olish kerak. Rudani sharli yanchishda uning tarkibida 15 % tayyor mahsulot bo‘lganda yanchishning birinchi bosqichidan oldin dastlabki klassifikatsiya ishlatiladi. To‘liq yopi siklda tekshiruvchi klassifikatsiya yanchilgan mahsulot yirikligini nazorat qilish, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va mahsulotning shlamlanishni kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
Yanchish sxemasini tanlash turli xildagi sxemalarni sanoat yoki yarim sanoat sharoitida tajriba yo‘li bilan tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Yanchishning yopiq siklda yanchuvchi mahsulot tegirmondan klassifikatorlarga tushib, ikkita mahsulot quyulma va qumga ajraladi. Quyulma boyitishga yuborilsa, qum esa to talab qilinadigan kattalikkacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi.
Yopiq siklda ishlagan tegirmonning samaradorligi yuqori bo‘ladi va yanchilgan mahsulotlarni bir xil o‘lchamda yanchilishiga yordam beradi. Tegirmonlarning samaradorligi aylanma yoki aylanuvchi yukga bog‘liq.
Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiy aylanib turishiga, tegirmon ichida aylanma yuk deb ataladi.
Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o‘lchami, qattiqligi, suvning berilishi, nasoslarning va gidrosiklonlarning ishlash tartibi o‘zgarganda tegirmon ichida aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligining ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk ortadi.
Uncha katta bo‘lmagan aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada orttiradi. Tegirmon ichida aylanuvchi yukning miqdorini ortishi mahsulotning tegirmon ichidan o‘tish tezligini orttiradi, bu esa mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Rudaning yirikligi va qattiqligi oshgan sari tegirmonning zo‘riqishiga va ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun tegirmonni ruda va yanchish materiallari bilan to‘ldirilish darajasi 35-40% dan oshmasligi kerak.
Sharli, rudali va ruda galkali tegirmonlar asosan yopiq siklda ishlaydi. Odatda tegirmonlar ichida aylanma yuk foizlarda ifodalanadi:
С = S / Q.
Bunda: S – qumning og‘irligi:
Q – dastlabki mahsulotning og‘irligi.
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi
Q = Q + S = Q + СQ = Q (1 + С)
Tegirmonning dastlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning mayinligi ortsa, aylanuvchi yuk ortadi ortiqcha aylanuvchi yuk, yanchish sharoitini yomonlashtiradi.
|
| |