|
Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,8 Kb. | | #232410 |
Bog'liq Yozuv.docx Parsing.uz
Kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma'lum bir sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta'minlangan mehnat faoliyati (mashgʻuloti)ning turidir;
Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi;
Klassifikator – Professional ta'limning yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblarining tizimli roʻyxati;
Malaka darajasi – tarifikasiya va attestasiya tizimining tegishli hujjatlari (ta'rif razryadi, sinfi, toifa) bilan tartibga solinadigan texnik va Professional ta'lim oʻquv dasturlarining bir bosqichi doirasidagi kasbiy mahorat, bajarilayotgan vazifalar va majburiyatlarning murakkabligi hamda hajmi bilan belgilanadi;
Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma'lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zaruriy bilim, koʻnikma va malakalar majmuasi;
Professional ta'lim – malaka tavsiflari va talablariga muvofiq kasbiy bilim, koʻnikma, malakalarni egallashga qaratilgan va shaxsni mutaxassis sifatida shakllantiradigan, vujudga keltiradigan va rivojlantiradigan tartibli (uyushgan) jarayon;
Ta'lim yoʻnalishi – kasbiy faoliyatning muayyan soha mutaxassislarini tayyorlashning professional va ta'lim sohasi. Yoʻnalishning nomi tegishli mehnat faoliyatining tabiati va mazmuni bilan belgilanadi.
Davlat ta'lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki boʻlgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta'lim standartlariga va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim beradigan muassasa;
davlat ta'lim standartlari — davlat tomonidan ta'limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoʻyiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va koʻnikmalar darajasi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator
|