|
Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,8 Kb. | | #232410 |
Bog'liq Yozuv.docx Parsing.uzmutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat ta'lim tashkiloti — davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq ta'lim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan lisenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta'lim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta'lim — ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta'lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan oʻquv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish ob'ektlarini oʻz ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat boʻlgan, oʻquv jarayoni, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta'minlaydigan ta'lim-tarbiya muhiti;
ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta'lim oluvchilar, voyaga etmagan ta'lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta'lim tashkilotlari attestasiyasi — ta'lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash boʻyicha davlat nazoratining asosiy shakli.
boshlangʻich professional ta'lim — YuNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda Xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari;
kasb — maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma'lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta'minlangan mehnat faoliyati (mashgʻuloti)ning turidir;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator
|