|
Ta'lim muassasasidan biriktirilgan ustoz
|
bet | 6/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 18,8 Kb. | | #232410 |
Bog'liq Yozuv.docx Parsing.uzTa'lim muassasasidan biriktirilgan ustoz — oʻquvchilarga korxona ustozlari tomonidan kasbiy bilim va koʻnikmalarni berilishini, korxona va tashkilotdan biriktirilgan ustozlar bilan hamkorlikda ta'lim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan kompetensiyalarni shakllanishini va korxonada ta'lim jarayonini nazorat qiluvchi mas'ul murabbiydir.
Ishlab chiqarish tavsifnomasi — oʻquvchilar korxona va tashkilotda bajargan ishlarining sifati, xulqi, mehnat intizomi va ularda shakllangan kompetensiyalar haqida korxona va tashkilotdan biriktirilgan ustozlar tomonidan yoziladigan tavsifnoma.
Oʻquvchilarni tsex va boʻlimlarda almashinish grafigi — oʻquvchilarga ta'lim dasturlari boʻyicha egallashi kerak boʻlgan kompetensiyalarni toʻliq shakllanishi uchun korxonaning tsex va boʻlimlarida almashinish jadvali.
WorldSkills bu xalqaro nodavlat notijorat assosiasiya, uning maqsadi jahonda kasbiy musobaqalar orqali dunyo boʻylab kasbiy tayyorgarlik va malakalarning maqomini hamda ishchi kasblarni nufuzini oshirish.
Demoekzamen – malakali kadrlar tayyorlashga oid ishchi, xizmatchi va mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan, professional ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ma'lum bir soha boʻyicha egallagan bilim, malaka, koʻnikmalarini professional standart talablariga mos ravishda namoyon etadigan kasb egalarini tayyorgarlik darajasini baholash shakli.
Kompetensiya standarti - kompetensiyaning texnik tavsifini; kompetensiyalar boʻyicha musobaqa topshiriqlarini; kompetnsiyalar boʻyicha infratuzilma varogʻi; musobaqa oʻtkaziladigan maydonchani tashkil etish rejasi; musobaqa topshiriqlarini baholash mezonlari, xavfsizlik texnikasi talablarini oʻz ichiga oladi
Kompetensiya standartining spesifikasiyasi (WorldSkills Standards Specifications WSSS) - muayyan kompetensiya mutaxassisi ega boʻlishi kerak boʻlgan koʻnikma va malakalarining baholash mezonlarini ishlab chiqishda ularni ahamiyati va ulardan foydalanishning foizlar boʻyicha roʻyxati.
|
| |