• Dual talim dasturi
  • Mustaqil talim
  • Korxona va tashkilotdan biriktirilgan ustoz
  • Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator




    Download 18,8 Kb.
    bet5/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi18,8 Kb.
    #232410
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yozuv.docx Parsing.uz

    Oʻquv ustaxonasi - texnologik jarayonlar bilan bogʻliq amaliy topshiriqlarni bajarish nazarda tutilgan oʻquv amaliyotlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan jihozlangan xona.

    1.


    Dual ta'lim — bu ta'lim muassasasida nazariy tayyorgarlikni va ish beruvchi tashkilotida amaliy mashgʻulotlarni nazarda tutadigan oʻquv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish shakli boʻlib, unda oʻquvchilarga yuqori malakali murabbiy mutaxassis tayinlanadi, u oʻz vazifasidan tashqari oʻquv dasturiga muvofiq oʻquv jarayonini tashkil qiladi, oʻquv dasturining bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, oʻquvchilarga kasbiy koʻnikmalar va bilimlarni ustoz-shogird boʻlib oʻtkazadi.
    Dual ta'lim dasturi — professional ta'lim muassasasi va tashkilotda ta'lim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan ta'lim standartlari, oʻquv rejasi, oʻquv fanlari (modullar), dasturlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplami.
    Mustaqil ta'lim — bu oʻquv dasturi doirasida rejalashtirilgan, oʻqituvchining metodik rahbarligi va nazorati ostida, lekin uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan topshiriq turi.
    Oʻquv jarayonining grafigi — ta'lim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestasiya va ta'til vaqtlarini belgilovchi hujjat.
    Dual ta'lim kundaligi — bu ta'lim jarayonini oʻquv jarayonining grafigi boʻyicha korxona va tashkilotlarda tashkil etishda belgilangan oʻquv dasturning mazmuni aks ettirilgan oʻquv-me'yoriy hujjatdir.
    Korxona va tashkilotdan biriktirilgan ustoz — pedagogik mahorati mavjud korxonaning yuqori malakali mutaxassisi boʻlib, u oʻquvchilarga kasbiy koʻnikmalar va bilimlarni berishda ustozlik qiladi, shu jumladan ta'lim muassasasi xodimlari bilan hamkorlikda ta'lim dasturlaridan foydalangan holda oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan kompetensiyalarni shakllantiruvchi va nazorat qilivchi ustozdir.

    Download 18,8 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 18,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kvalifikasiya – kasbiy mahorat darajasi yoki pogʻonasi kasbiy talablarning muayyan pogʻonasiga muvofiqligi darajasi; Klassifikator

    Download 18,8 Kb.