|
Nukus konchilik instituti Qabul qildi: Baymuratova. Z bajardi: Bozorboyev. I mavzu: Shaxsning kasbiy shakllanishi
|
Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 218,02 Kb. | | #266931 |
Bog'liq kasbiy 5
Nukus konchilik instituti
Qabul qildi: Baymuratova.Z
Bajardi: Bozorboyev.I
Mavzu: Shaxsning kasbiy shakllanishi
Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi hamda namoyon bo‘lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi.
Mehnat sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo‘lgan.
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko‘rsatgan: “shaxsning o‘zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o‘zini mutaxassis sifatidagi to‘liq obrazi; kasb yordamida o‘zini o‘zi rivojlantirish va еtishmaydigan xususiyatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati.
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida ishlashning muvaffaqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo‘llaniladi.
Bu tavsiflar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. Yuqori kasbiy malaka mehnat sub’ekti еtukligining shakllanishi va ayrim vaziyatlarda kasbiy еtuklik еtarli darajada bo‘lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.
Ko‘p qo‘llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy еtuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo‘llaniladi.
Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir.
Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o‘zini o‘zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar.
Eʼtiboringiz uchun raxmat!
|
| |