• O‘QUV SOATLARI
  • MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;
  • MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR
  • Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси




    Download 1,38 Mb.
    bet1/11
    Sana08.10.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #274065
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Rul-boshqarmasi


    «Avtotransportni ishlatish va ta’mirlash» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha
    o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi



    1. MODUL RAQAMI: A 18.




    1. MAVZU: «Rul mexanizmini qismlarga ajratish va yig‘ish»




    1. MAQSAD: O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ish faoliyati va asbob-uskunalar bilan ishlash qobiliyatini, mexanizm va agregatlarni ajratish va yig‘ish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.




    1. O‘QUV SOATLARI: 12 soat (480 daqiqa).

    2. MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

      • Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;

      • Rul mexanizmini tartibli ketma-ketlikga asoslanib, texnik talablarga rioya qilib, to‘g‘ri qismlarga ajratish va yig‘ish;

      • Asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish;




    1. MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;

      • Xavfsiz ishlash usullari;

      • Rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichining vazifasi, tuzilishi, turlari va detallarining o‘zaro bog‘lanishi, shuningdek ularning nomlanishi;




    1. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
    Rul boshqarmasi

    Rul boshqarmasining vazifasi haydovchining boshqarishga mos ravishda avtomobilni harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdan yoki tanlangan yo‘nalishni saqlashdan iborat. Rul boshqarmasi asosan uch qismdan tashkil topgan: rul mexanizmi, rul yuritmasi va rul kuchaytirgichi.
    Rul boshqarmasi avtomobilning harakat xavfsizligi bilan bog‘liqligi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • avtomobilni kichik radiusda burilishini ta’minlash;

    • rul chambaragiga qo‘yiladigan kuchni kamaytirish hisobiga, avtomobilni boshqarishni yengillatish;

    • kuch va kinematik kuzatuvchanlikga ega bo‘lishi, ya’ni rul chambaragiga qo‘yilgan kuch bilan boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishiga qarshilik momenti orasidagi proporsionallik va rul chambaragini burilishiga mos ravishda boshqariluvchi g‘ildiraklarni burilishi;

    • burilishlarda g‘ildiraklarni yon tarafga kam sirpanishi;

    • boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga uzatilmasligi;

    • rul boshqarmasini me’yoriy elastiklikga ega bo‘lishi;

    • rul boshqarmasining qismlari bilan osma orasida kinematik kelishuvchanlik mavjud bo‘lishi osma ezilganida boshqariluvchi g‘ildiraklarni o‘z-o‘zidan burilishdan saqlash;

    • rul boshqarmasining boshqariluvchi g‘ildiraklarini barqarorligiga (stabilizatsiya) kam ta’siri;

    • yuqori ishonchligi;

    TICO avtomobilida reyka-shesternyali, uzatish soni 18,5 ga teng bo‘lgan rul mexanizmi va to‘rt sharnirli rul yuritmasi o‘rnatilgan, 1-rasm.




    Download 1,38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси

    Download 1,38 Mb.