|
Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси
|
bet | 3/11 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #274065 |
Bog'liq Rul-boshqarmasi3-rasm. Chervyak-rolikli mexanizm
1-soshkaning vali; 2-uch o‘rkachsimon rolik; 3-globoid shaklidagi chervyak.
Chervyakni korpusga radial-tayanchli yoki konussimon rolikli podshipniklar yordamida o‘rnatiladi. Rolikni esa soshka valining o‘yig‘chasiga sharikli yoki ninasimon podshipniklar yordamida o‘rnatiladi.
Bu turdagi mexanizmlarning to‘g‘ri F.I.K. taxminan 0,55, teskari F.I.K. esa taxminan 0,70 ga teng, mexanizmning uzatish soni 1618 oralig‘ida. Bu turdagi mexanizmlarning teskari F.I.K. kam bo‘lganligi tufayli, boshqariluvchi g‘ildiraklar qabul qilgan turtkilarni rul chambaragiga kamaytirib o‘tkazadi.
Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi
Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichlari yengil, yuk avtomobillarida, avtobuslarda ishlatilganida avtomobilni boshqarish yengillashadi, avtomobilning burilishiga moyilligi ortadi va avtomobilning biron-bir shinasi harakat mobaynida shikastlanganida uni belgilangan yo‘nalishda ushlab qolish imkoniyati ortishi hisobiga harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, gidrokuchaytirgichning mavjudligi boshqariluvchi g‘ildiraklarning yeyilishini orttirib, barqarorligini (stabilizatsiya) pasaytiradi.
Rul boshqarmasiga kiritilgan kuchaytirgich quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
gidronasos;
taqsimlagich;
gidrotsilindr;
MATIZ avtomobilining rul boshqarmasiga o‘rnatilgan rul boshqarmasining gidrokuchaytirgich tizimi 4-rasmda ko‘rsatilgan.
4-rasm. Rul boshqarmasining gidrokuchaytirgich tizimi.
1-suyuqlik idishi; 2-qopqoq; 3-himoyalagich; 4-suyuqlikni idishga qaytarish naychasi; 5-qisqich; 6-zichlovchi halqa; 7-rul mexanizmining taqsimlagichiga bosimni yuborish shlangi; 8-bosim yuborish trubkasi; 9-gidrotsilindr; 10-qisqich; 11-nasosga suyuqlik yuborish shlangi; 12-gidronasos jamlamasi; 13-gidronasos; 14-oldingi kronshteyn; 15-shkiv; 16-ketingi kronshteyn; 17-asosiy kronshteyn (konditsioner mavjud bo‘lsa); 18-nasosni mahkamlovchi kronshteyn (konditsioner bo‘lsa).
Rul mexanizmi 1, gidrotaqsimlagich 2 va gidrotsilindr 3 bitta agregatni tashkil etib, integral turidagi kuchaytirgich deb nomlanadi. Gidranasos bilan suyuqlik idishi alohida joylashadi, 5-rasm.
|
| |