• Topshiriq
  • Hisobot tarkibi
  • Qisqacha ma’lumot
  • 1 amaliyot ishi




    Download 62,5 Kb.
    bet1/3
    Sana24.11.2023
    Hajmi62,5 Kb.
    #104559
      1   2   3
    Bog'liq
    1-амалий иш

    1 - amaliyot ishi




    GSM 900 standartidagi sotali aloqa tizimi


      1. Ishdan maqsad


    Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining qurilish tamoyillari va chastotali rejalashtirish, analog va raqamli sotali aloqa tizimlari haqida tushincha hosil qilish.


      1. Topshiriq





    1. Harakatdagi sotali aloqa tizimlari tarixi bilan tanishish.

    2. Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining analog standarti xarakteristikalarini o‘rganish.

    3. Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining raqamli standarti xarakteristikalarini o‘rganish.

    4. Tarmoqning abonent asliligi bilan tanishish.

    5. Hisobot tuzish.
      1. Hisobot tarkibi





    1. Ish nomi va maqsadi.

    2. Harakatdig sotali aloqa tizimi tarixi haqida ma’lumot yozing.

    3. Tarkibiga ikkita BTS kiruvchi chastotalarni takroriy ishlatish modeli va 7 ta sota uchun chastotani takroriy ishlatish modeli va sektorlangan sotalarda chastotalarni takroriy ishlatish modelini chizing.
      1. Qisqacha ma’lumot


    Mobil radioaloqa tizimlarini tashkil etishning sotali prinsipi telefon ixtirochisi - Aleksandr Grexem Bell (Alexander Graham Bell) tashkil etgan Bell Laboratories (AQSH) amaliyotsi xodimlari Duglas Ring va Rey Yang tomonlaridan 1947 yilda ilgari surilgan. Bu kabi aloqa tarmog‘i alohida bazaviy stansiyalar (BS) – sotalarni, xizmat ko‘rsatish zonalaridan iborat bo‘lib, bu zonalarning kengligi esa tarmoq abonentlarining hududiy zichligiga bog‘liq bo‘lar


    edi. Bir BS foydalanadigan chastota kanallari ma’lum bir hududiy interval orasida shu tarmoqqa kiradigan boshqa BSlar tomonidan ham takroriy foydalanilishi mumkin bo‘lishi kerak edi. Bunda turli hududchalarda (sotalarda) o‘sha bir chastotani o‘zaro xalaqitlarsiz takroriy ishlatish imkoni paydo bo‘lar edi. Afsuski, bu g‘oya faqat 20 yildan keyin tan olindi va umumiy foydalanishdagi sotali aloqa tarmoqlarini joriy etish faqatgina o‘tgan asrning 70-yillari oxiridagina boshlandi.
    1989 yilda ETSI instituti doirasida tashkil etilgan maxsus mobil aloqa guruhi (ingl. Group Special for Mobile - GSM) tashabbusi bilan sotali aloqaning GSM nomli raqamli standarti ishlab chiqildi va u dastlab 900 MGs diapazonida ishlash uchun mo‘ljallandi. GSM standartida ishlaydigan birinchi tijorat tarmog‘i 1992 yilda Germaniyada ishga tushirildi. Bu standart rivojlanishni va takomillashishni davom ettirdi hamda jahon miqyosida ham keng qo‘llanila boshladi. Natijada GSM qisqartmasi «Global System for Mobile communications - Global mobil aloqa tizimi» sifatida yoyiladigan bo‘ldi. Hozirgi kunda GSM standarti Yevropada 1800MGs (GSM-1800) va 450MGs (GSM-400), AQSHda esa 1900MGs (PCS)
    qo‘shimcha chastota diapazonlarida ishlashga moslashgan.
    AQSHda raqamli texnologiyalar rivojlanishining boshlanishiga «IS-54» standarti (tijorat nomlanishi D-AMPS) asos qo‘ydi. U AQSHda ishlayotgan analog AMPS tizimlarining sig‘imini oshirish maqsadida ishlab chiqildi va TIA assotsiatsiyasi tomonidan 1989 yilda tasdiqlandi. D-AMPS standartida bir chastota kanalida (kanalning kengligi 30kGs) 3ta nutq kanalini ishlatish imkoniyatini beradigan yangi texnik yechimlar kiritildi. Bu standart asosidagi birinchi tarmoqlar 1992 yilda ishga tushirildi. AQSHda D-AMPS standarti (AMPS bilan birga) uzoq vaqt asosiy tizim bo‘lib turdi. 2000 yilda mamlakatda bu standartlar abonentlari soni 50 mln. atrofida bo‘lgan. Shu erda aytib o‘tish lozimki, D-AMPS standartining tarqalishi faqat Shimoliy Amerika bilan cheklanib qolmay, dunyoning boshka hududlarida ham, xususan, Janubiy Amerika, Janubi-SHarqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamalakatlariga ham tarqaldi. Chunonchi, AMPS/D-AMPS standartlari MDH davlatlarida ham, xususan, bizning mamlakatimizda ham keng ommalashgan edi.
    Sotali aloqaning raqamli texnologiyalarini rivojlantirishda Yaponiya ham Yevropa va AQSHdan qolishmadi va o‘zining PDC (ingl. Personal Digital Cellular - Personal raqamli sotali aloka tizimi) deb nomlangan raqamli standartini ishlab chiqdi. Ushbu yapon standarti 1994 yilda tasdiqlandi. PDC standarti asosidagi tarmoqlar asosan mamlakat miqyosida foydalanish uchun ishlatildi va jahon bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi.

    Download 62,5 Kb.
      1   2   3




    Download 62,5 Kb.