|
-Savolga Javob: O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi
|
bet | 3/5 | Sana | 24.05.2023 | Hajmi | 0.55 Mb. | | #64114 |
Bog'liq 1-AmaliyTopshirq EhzozHamroyev Raxmonov Umidjon Erkinboyevich, Презентация 1, 27-213 Tikuvchilik texnologiyasi asоslari, Bayram, 131171, Taqdimot (2), qishloq-xojaligida-energiya-resurslaridan-foydalanish, Роль и значение стандартов в управлении качество, bb01afdb-79df-4e71-9c73-decf1343eccb, zakovat, HFX --1., HFX --5, 3-labor Texnik tizimlarda AT, 4-laboratoriya TTAT2-Savolga Javob: O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni.
O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
– o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash ob’yektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar;
– o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar;
– o‘lchash ob’yektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
– operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar.
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.
O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi (1 – rasm):
1 – rasm. O‘lchash xatoliklarining turlarga bo‘linishi.
Absolyut xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 mkm va h.k. Mutlaq xatolikni quyidagicha aniqlanadi:
Δ = А – хch ≡ А – хх;
Bunda: A – o‘lchash natijasi;
xch – kattalikning chinakam qiymati;
xх – kattalikning haqiqiy qiymati.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati tuzatma deb ataladi:
– Δ=kt;
Odatda, o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan ham belgilanadi.
Absolyut xatolikni asbob ko‘rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini аk mах fоizlаrdа olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi:
|
| |