• Gipoidli asosiy uzatmada ye
  • Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari




    Download 136,05 Kb.
    bet2/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi136,05 Kb.
    #152298
    1   2   3   4
    Bog'liq
    O‘qlararo differentsiallarning tuzilishi, ishlashi

    2. Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari.


    Konnussimon asosiy uzatmaning ishlashidagi o’ziga xos xususiyatlari (12.1- rasm a,) val tayanchlariga o’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta yuzada katta kuchlarni ta’sir etshidir. Bu kuchlar ta’sirida tishli g’ildiraklarning vallari o’qi bo’ylab siljishga intiladi. Bundan tashqari yetakchi tishli g’ildiraklarning tayanch podshipniklari valning bir tomonida joylashganligi, uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamik kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kunussimon asosiy uzatmaning uzoq muddat ishlashi uchun tishlarning boshlang’ich konus uchlari (vershina) 0 nuqtada bo’lgan holda ularning ilashishi talab etilgan aniqlikda bulishi shart. Boshlangich konus uchlarining siljishi uzatmaning ishlash sharoitini tez yomonlashtirib yeyilishini tezlashtiradi va shovqinini oshiradi. Tishli g’ildiraklarning aniq ilashishini shuning bilan ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularning podshipniklari oldindan tig’izlab o’rnatiladi va karterining bikrligi oshiriladi. Bundan tashqari o’tuvchanligi yuqori bo’lgan yengil avtomobillarda shuningdek yuk avtomobillarida qo’llanilgan konussimon yoki gipoidli uzatmalarda, katta yuklanishda ishlaganda, ilashishining aniqligini saqlash maqsadida yetakchi tishli g’ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli g’ildirakka qo’shimcha tayanchlar ishlanadi.

    Gipoidli asosiy uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi tishli g’ildiraklarning o’qlari o’zaro kesishmay, bir-biriga nisbatan ma’lum masofaga (e) siljitilgan (12.1-rasm,b). O’qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli uzatmaning orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa o’z navbatida avtomobilning og’irlik markazini pasaytirib, uning turg’unligini oshiradi. Bundan tashqari gipoidli uzatmada tishlarning spiral burchagi katta bo’lgani uchun, ularning uzunligi xam katta bo’lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlarning soni konussimon tishlarinikiga qaraganda ko’p bo’lib, ilashib turgan tishlarning har biriga to’g’ri keladigan yukni kamaytiradi. Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g’ildirak diametri bir xil bo’lgan, ikki xil uzatmalarni taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli g’ildirakning diametri konnussimon uzatmadagi yetakchi tishli g’ildiraknikiga qaraganda kattaroq ya’ni bikrligi yuqoriroq bo’ladi. Bo’larning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi xisoblanib, uning mustaxkamligini va uzoq muddat ishonchli shovqinsiz, ravon ishlashini ta’minlaydi.
    Uzatmaning kamchiliklari: g’ildirak tishlarining spiral burchagi katta bo’lganligi tufayli tish sirtlari o’zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez yoyiladi; yoyilishni oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida mustaxkam moy qatlami xosil qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g’ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig’ishning aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin shunga qaramay bu kamchiliklar gipoidli uzatmaning afzalliklariga xech qanday zarar yetkazmaydi.

    Download 136,05 Kb.
    1   2   3   4




    Download 136,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari

    Download 136,05 Kb.