Kompyuter tarmoqlarida himoyalash deb foydalanuvchilarni ruxsatsiz tarmoq elementlari va zaxiralariga egalik qilishni man etishdagi apparatli, dasturiy va kriptografik usullar va vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi.
Bevosita telekommunikatsiya kanallarida xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
5. - rasm. Telekommunikatsiya kanallarida xavfsizlikni ta’minlash usullari tasnifi
Yuqorida keltirilgan usullarni quyidagicha ta’riflash qabul qilingan: to‘sqinlik – bu apparatlarga, ma’lumot tashuvchilarga va boshqalarga kirishga fizikaviy usullar bilan qarshilik ko‘rsatishga aytiladi.
Egalikni boshqarish – tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat:
tizimni har bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan, foydalanuvchilarni;
identifikatsiya bo‘yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl ekanligini aniqlash;
vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo‘yicha (reglament) hafta kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo‘llash mumkinligini tekshirish;
qabul qilingan reglament bo‘yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga ruxsat berish;
himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o‘chirib qo‘yish, so‘rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar.
Niqoblash – ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni kriptografiya orqali kodlash.
Tartiblash – ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi.
Majburlash – qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash, aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar.
Undamoq – axloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni bajarishga yo‘naltirilgan.
Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan vositalarni tatbiq etishadi:
6.- rasm. Kompyuter tarmoqlarida himoyalash vositalari
|