|
1-bob. Autocad dasturi haqida umumiy tushuncha
|
bet | 29/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishiTasvir 6
2-bo’limda izometrik proektsiya ko’rinishlari buyruq piktogrammalari joylashgan, bular:
«ЮЗ (yugo-zapadnaya)» – «JG’ (janubiy-g’arbiy)»;
«ЮВ (yugo-vostochnaya)» – «JSh (janubiy-sharqiy)»;
«СВ (severo-vostochnaya)» – «ShSh (shimoliy-sharqiy)»;
«СЗ (severo-zapadnaya)» – «ShG’ (shimoliy-g’arbiy)».
Odatda 3D ob’ektlari izometrik proektsiyalar muhitida bajariladi, sababi bu muhitda uchala koordinata o’qlari (x,y,z) to’liq ko’rinib turadi va qurilayotgan ob’ekt to’la namoyon bo’lib turadi.
Ko’rinishlar asosida 3D ob’ektlarni ixtiyoriy olti tomondan va 4 xil vaziyatdagi izometrik proektsiyalarda ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Ayrim 3D ob’ektlari 4 ta izometrik proektsiyalardan birida qulay vaziyatdagi tasvirni bermasligi mumkin. Misol uchun kubni olsak (Tasvir 7-a). Bunda kub izometriyada teng yonli olti burchak shaklida ko’rinib qoladi.
a) b)
Tasvir 7
Shuning uchun ko’rinishlarda va umuman modellashtirishda «Orbita» panelidan foydalanish ancha qulayliklarga ega. Ushbu panel asosida ob’ekt ko’rinishi ixtiyoriy burchak ostida burilib ko’rsatilishi va harakatlantirilishi mumkin (Tasvir 7-b).
Shunisi e’tiborliki, orbita asosida burilgan ob’ektlar fazodagi vaziyati va boshqa ob’ektlarga nisbatan vaziyati o’zgarmaydi. Bunda ob’ektlarga nisbatan ko’rinish burchagi o’zgartiriladi xolos. Ob’ektlar istalgan paytda yana oldingi biron bir asosiy ko’rinishlardan biriga yoki izometrik ko’rinishlardan biriga keltirilishi mumkin.
FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi) paneli. AutoCAD da ikki turdaki koordinatalar tizimi mavjud. Bular o’zgarmas xalqaro (XKT) va o’zgaruvchan foydalanuvchi (FKT) koordinatalar tizimlaridir. Yangi chizmada dastlabki holatda har ikkala tizim ustma-ust holatda bo’lib, foydalanuvchi kordinata tizimi boshqa joyga va boshqa vaziyatga keltirilganda xalqaroga nisbatan amalga oshiriladi va xalqaro koordinata tizimi qaytish imkonini saqlab turadi.
FKT paneli asosan 4 bo’limdan iborat (Tasvir 8): 1-bo’limda XKT va FKTga o’tish rejimlari joylashgan.
2-bo’limda FKTni 1-ob’ektga, 2-yoqga va 3-ko’rinishga bog’lash buyruq piktogrammalari joylashgan.
|
| |