|
«Отступ в ячейках» - Kataklardagi cheklashlar
|
bet | 22/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Отступ в ячейках» - Kataklardagi cheklashlar bo’limi ikkita bandga ega. Bular «По горизонтали» - Gorizontaliga: va «По вертикали» -Vertikaliga: bandlaridir. Ulardagi kiritish oynachalaridagi raqamlar klaviaturadan tahrirlanib qiymat beriladi. Ushbu qiymatlar katakda matnning gorizontal va vertical chegaralarga nisbatan cheklanishini bildiradi.
«Многострочный…» - Ko’pqatorli… matn yozish tugmasi.
Bu buyruq tugmasi matn kiritishni nazarda tutadi va «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «А» - belgili piktogrammaga ega bo’lgan buyruqning aynan o’zi. Yuqorida «Текст» - Matn taxrirlash paneli funksiyalari bilan tanishib chiqganligimiz boiz ushbu buyruqda to’xtalib o’tirmaymiz.
Shuni eslatib o’tish joizki, agarda dastlab «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari buyrug’i orqali kerakli matn parametrlari o’rnatilgan bo’lsa (shrift turi, o’lchami, ko’rinishi va h…), har safar «Многострочный…» - ko’p qatorli… matn kiritish buyrug’i bajarilganda matn parametrlarini o’rnatishga hojat qolmaydi. Aks holda AutoCAD dasturi avtomatik tarzda o’z matn uslubini tanlaydi.
2. 2. Tahrirlash asboblar paneli
«Редактирование» - Taxrirlash asboblar paneli
Taxrirlash – bu o’zgartirish demakdir. Taxrirlash asboblar paneli asosan
yaratilgan ob’ektlar ustida ishlaydi. Taxrirlash asboblar paneli piktogrammalari bilan tanishib chiqsak:
Ob’yektlarga o’lcham qo’yishda dastlab O’lcham qo’yish asboblar panelidan buyruq piktogrammasi tanlanadi, so’ng ob’yekt chegara nuqtalari yoki ob’yektlarning o’zi tanlanishi lozim.
Ob’yektlarga o’lcham qo’yishdan oldin o’lcham qo’yish parametrlarini o’rnatib olish lozim. Ushbu parametrlarga o’lcham chiziqlarining tuzilishi, chiziqlar qalinligi va rangi, o’lcham shriftlarining tuzilishi, ko’rsatkichlar (strelkalar) tuzilishi va ularning o’lchami, o’lchamlarning aniqlik darajasi, o’lchov birliklari kabi xususiyatlar kiradi.
Shuning uchun O’lcham qo’yish asboblar panelidan dastlab «Размерные стили» - O’lcham uslublari piktogrammasi tanlanishi maqsadga muvofiq.
|
| |