|
«Свойства ячеек» Kataklar xususiyati
|
bet | 21/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Свойства ячеек» Kataklar xususiyati bo’limi bir qancha bandlarga ega bo’lib, «Текстовый стиль» - Matn uslubi: bandida matn turi o’rnatiladi. Buning uchun (…) tugmasi tanlanib «Текстовые стили» - Matn uslublari oynasi
chaqiriladi. Ushbu oyna funksiyalari «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari tugmasi faoliyati bilan aynan bir xil.
«Высота текста» - Matn balandligi: kiritish oynachasiga son bilan qiymat berilsa shrift o’lchami o’zgaradi.
«Цвет текста» - Matn rangi: va «Цвет фона» - Fon rangi: bandlaridagi (v) ko’rsatkichi yordamida ranglarni o’zgartirish mumkin.
«Выравнивание» - Tekislash: bandidagi (v) ko’rsatkichi bilan jadval katagidagi matnlarni joylashuvini tahrirlash mumkin.
«Свойства границ» - Chegara xususiyatlari bo’limi tuziladigan jadvalning chiziqlarini tahrirlashni nazarda tutadi. Undagi beshta faol tugmalar jadvalga chegaralarni qay tartibda o’rnatishni belgilab beradi. Ularning faoliyatini tugmalarda aks ettirilgan shakllardan ham tushunish mumkin. Ya’ni 1 – chisi barcha chegara chiziqlari mavjudligini, 2 – chisi faqat perimeter chegaralarini o’rnatishni, 3 – chisi faqat jadval o’rta qismida chegaralarni ko’rsatishni, 4 – chisi umuman barcha chegaralarni olib tashlashni va 5 – chisi faqat qatorlar ostida chegarani ko’rsatishni belgilaydi.
«Вес линий границ» - Chegera chiziqlari qalinligi: bandidagi (v) ko’rsatkich yordamida chegara chiziqlariga yo’g’onlik mm hisobida beriladi.
«Цвет линий границ» - Chegara chiziqlari rangi: bandidagi (v) ko’rsatkich yordamida chegara chiziqlariga rang tanlanadi.
Izoh: Barcha o’zgartirishlar namuna oynasida ko’rsatib boriladi.
«Общие» - Umumiy bo’limida «Направление построения» - Qurish yo’nalishi bandi bo’lib, uning o’ng tomonida ko’rsatkich oynachasi va (v) ko’rsatkichi mavjud. U orqali ikkita parametrdan biri: «Вниз» - Pastga va «Вверх» - Yuqoriga tanlanadi. Ular ekranda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida jadvalni o’rnatishda jadval qatorlarining yo’nalishi yuqoriga yoki pastga yo’nalganligini bildiradi.
|
| |