• «Цвет» - Rang
  • «Уол» -Burchak
  • «Область» - Hudud
  • «Свойства» - Xususiyatlar
  • «Геометрия» - Geometriya
  • 1-bob. Autocad dasturi haqida umumiy tushuncha




    Download 2,42 Mb.
    bet18/30
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,42 Mb.
    #230869
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
    Bog'liq
    MI304-gr. Abror. Kurs ishi

    «Цвет» - Rang bo’limidagi ikkinchi oynacha bandida (<) va (>) siljitish
    dastaklari bo’lib, ular yordamida soya va yorug’lik darajasini o’rnatish
    mumkin. Barcha o’zgarishlar pastda joylashgan to’qqizta to’rtburchak namunalarda ko’rsatib boriladi.
    Agarda «Цвет» - Rang bo’limidagi «Два цвета» - Ikkita rang asosida bo’yash bandi tanlansa u holda ikkinchi oynacha bandidagi (<) va (>) siljitish dastaklari o’rniga birinchi oynachadagi singari rang oynachasi paydo bo’lib, uning o’ng tomonida joylashgan (...) tugmasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanib ikkinchi rangni ham yuqoridagi «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasidagi ketma-ketlik singari o’rnatish mumkin.
    «Ориентация» - Yo’nalganlik bo’limi ikkita banddan iborat bo’lib, bular «По центру» - Markazli va «Уол» - Burchak bandlaridir.
    «По центру» - Markazli bandidagi belgi olib tashlanib rang soya va yorug’ligini burchakli berish mumkin. Burchak gradusini esa ikkinchi «Уол» -Burchak bandidagi (v) ko’rsatkichini bosib, kerakli qiymatni tanlash bilan kiritiladi. Barcha o’zgarishlar to’qqizta namuna oynalarida ko’rsatib boriladi.
    Keyingi etapda to’qqizta namuna oynalaridan biri tanlanib, «Контуры» -Konturlar bo’limiga o’tiladi. Ushbu bo’lim funksiyalari shtrixlash buyrug’idan bizga ma’lum.
    «Область» - Hudud tanlash tugmasi.
    Ushbu buyruq tugmasi asosan turli chiziq va yoylardan iborat bo’lgan, ikki o’lchamli yopiq ob’ektlarni bir butun hududga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bundan maqsad shuki hududga aylantirilgan ob’ektlarni yuzasi, perimetri, hudud markazi kabi qiymatlar dastur tomonidan avtomatik hisoblanib boriladi va ularni hisoblashga hojat qolmaydi.
    Misol uchun «Отрезоk» - Kesma buyruq tugmasi yordamida ixtiyoriy tuzilgan olti burchakning har bir tomoni, aniqrog’i har bir to’g’ri chizig’i alohida bir ob’ekt sifatida qaraladi va aynan shu tanlangan ob’ektga nisbatan turli tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Agarda «Область» - Hudud buyruq tugmasi tanlansa sichqoncha ko’rsatkichi ob’ektlarni tanlash rejimiga o’tadi va sichqoncha yordamida har bir chiziq ketma-ket tanlanib “Enter” tugmasi bosilsa hudud hosil qilinadi.



    Agar sichqoncha ko’rsatkichi bilan yangi hosil qilingan ob’ektning


    biron bir tomoni tanlansa, to’liq ob’ekt tanlanadi. Hudud to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun ob’ekt tanlangandan so’ng sichqoncha o’ng tugmasi bosilib kontekst menu chaqiriladi. Undagi «Свойства» - Xususiyatlar bandi
    tanlansa tanlangan ob’ekt – hudud to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar AutoCAD ish stolining chap tomonida chiqariladi.
    Ushbu axborot oynansining «Общие» - Umumiy bo’limida hudud ob’ektining nimadan tashkil topganligi, ya’ni – rangi, chiziq turi, masshtabi,



    chiziq qalinligi kabi ma’lumotlar ko’rsatilsa, «Геометрия» - Geometriya bo’limida hudud ob’ektining maydoni va perimetri haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
    Axborot oynani yopish uchun oyna yuqori o’ng burchagidagi (x) tugmasi tanlanadi.

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




    Download 2,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-bob. Autocad dasturi haqida umumiy tushuncha

    Download 2,42 Mb.