|
«Штриховка…» - Shtrixlash tugmasi
|
bet | 16/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Штриховка…» - Shtrixlash tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi chizmadagi ma’lum bir hududlarni shtrixlash, qirqimlardagi kesim yuzasini ko’rsatish uchun qo’llaniladi.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranda «Штриховка и градиент» -Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi. Ushbu oynadan dastlab «Тип и массив» - Massiv va turi bo’limi ko’rib chiqiladi. Ushbu bo’limdagi «Образец» -Namuna oynachasidagi (v) ko’rsatkich bosilganda shtrixlash namunalarining ro’yxati chiqadi. Biron bir nom tanlansa «Структура» - Tuzilishi oynachasida uning tuzilishi ko’rinib turadi. Bundan tashqari «Образец» - Namuna oynachasidagi (…) bosilsa, «Палитра образцов штриховки» - Shtrixlash namunalari palitrasi oynasi ochiladi. Ushbu oyna juda sodda bo’lib, unda shtrilashning nomi ham tuzilishi ham ko’rinib turadi. Keraklisi sichqoncha yordamida tanlanib, “OK” tugmasi bosiladi.
Bo’limning «Тип» - Turi bandidagi «Стандартный» - Standart oynachasidagi (v) ko’rsatkichi yordamida strixlash turini o’rnatish mumkin.
«Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasidagi keyingi bo’lim «Угол и масштаб» - Burchak va masshtab bo’lib, «Угол» - Burchak va «Масштаб» - Masshtab oynachasida kerakli qiymatlar kiritiladi.
«Исходная точка штриховки» - Shtrixlashning boshlang’ich nuqtasi bo’limi ob’yektning qaysi nuqtasidan shtrixlash lozimligi haqida axborot beradi. «Указанная исходная точка» - Belgilangan boshlang’ich nuqta bandi tanlansa, boshlang’ich nuqtani ko’rsatish lozim bo’ladi.
Keyingi bo’lim «Контуры» - Konturlar bo’limi bo’lib, unda asosan ikkita band aktiv. Bular «Добавить: точки выбора» - Kiritish: nuqta tanlash asosida va «Добавить: Выбрать объекты» - Kiritish: Obekt tanlash asosida. Keyingi bandlar bevosita shtrixlash amalga oshirilgandan keyin faollashadi va shtrixovkani taxrirlashda qo’llaniladi.
|
| |