|
«Таблица…» - Jadval tuzish tugmasi
|
bet | 19/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Таблица…» - Jadval tuzish tugmasi.
O’z nomidan ma’lumki ushbu buyruq tugmasi bevosita jadval tuzish uchun xizmat qiladi. Windows qobig’I ostida yaratilgan Microsoft Office Word dasturida jadval yaratishdagi aynan o’xshash talablar ushbu buyruqda ham mujassam. Demak Microsoft Office Word dasturi bilan tanish bo’lsangiz ushbu buyruq funksiyalari muammo emas. Shunga qaramay ushbu buyruq tugma funksiyalari bilan tanishib chiqsak.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranga «Вставка таблицы» - Jadval o’rnatish axborot oynasi chiqariladi. Ushbu oyna uch bo’limdan iborat.
«Настройка стиля таблицы» - Jadval uslubini sozlash bo’limida «Имя
стиля» - Uslub nomi bandi
mavjud bo’lib uning ko’rsatkich oynachasida Standart yozuvi ko’rinib turadi. Bu AutoCAD dasturning o’zi avtomatik tarzda taqdim etadigan uslubidir.
Boshqa bir uslubni tanlamoqshi bo’lsak u holda ushbu uslubni ko’rsatkich oynachasining o’ng tomonidagi (v) ko’rsatkichi yordamida tanlashimiz mumkin.
Izoh: Standart uslubidan tashqari boshqa uslublar yaratilgan bo’lsa (v) ko’rsatkichi tanlanganda barcha mavjud uslublar ro’yxati chiqariladi. Aks holda faqat Standart usuli ko’rsatib turiladi.
Shuni aytib o’tish joizki jadval uslublari deganda tuziladigan jadvalning chiziq turlari, qalinligi, rangi, shrift turi, o’lchami, shuningdek uning rangi kabi parametrlar nazarda tutiladi.
Ko’rsatkich oynachaning (v) ko’rsatkichi o’ng tomonidagi (…) tugmasi bosilsa «Стили таблиц» - Jadval uslublari oynasi ochiladi.
Unda asosan oltita interfaol tugmalar mavjud. Bular: «Установить» - O’rnatish tugmasi. «Стили» - Uslublar: bo’lim oynasidan kerakli uslub tanlangandan so’ng ushbu uslubni faollashtiradi.
Izoh: Yangi uslublar o’rnatilgandan so’ng barcha uslublar ro’yxati «Стили» - Uslublar bo’lim oynasida namoyon bo’ladi. «Образец»-Namuna bo’lim oynasida esa tanlangan uslub namunasi ko’rsatiladi.
|
| |