|
Обновить размер – O’lchamni yangilash
|
bet | 27/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishiОбновить размер – O’lchamni yangilash
Buyruq tugmasi yangi o’lcham uslubi tanlangandan so’ng oldin o’rnatilgan o’lchamni yangi uslubga o’tkazishni nazarda tutadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi. Ob’yektlar tanlanib bo’lingach klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.
3-BOB. AutoCAD dasturida 3D modellashtirish panellari
1. AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash.
AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. D3D primitivlari va ular bilan ishlash. D3D sirtlarni yaratish. D3D ob’ektlarini tahrirlash.
AutoCAD dasturini 3D muhitiga sozlash. AutoCAD dasturida 3D modellarini qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish kerak bo’ladi. Buning uchun 3D geometrik ob’ektlarni yaratish, tahrirlash vizuallashtirish kabi funktsiyalar bilan bog’liq qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish talab etiladi.
Qo’shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun ekranda mavjud panellardagi biron bir buyruq piktogrammasi ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va AutoCAD panellari ro’yxati ekranga chiqariladi (Tasvir 1). Ro’yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo’lgan 8 ta panellarga qo’shimcha ravishda yana 7 panel tanlanadi. Bular:
«Вид» - «Ko’rinish»,
«Визуальныестили» - «Vizual uslublar»,
«Моделирование» - «Modellashtirish»,
«Орбита» - «Orbita»,
«ПСК» (pol’zovatel’skaya sistema koordinat) - «FKT» (foydalanuvchi
koordinatalar tizimi), «Редактирование-2» - «Tahrirlash-2»,
«Редактированиетела» - «Jismni tahrirlash» panellari.
Endi jami panellar soni 15 ta bo’lib, oldingi 2D panellari vaziyati o’gartirilmagan holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi.
Ish jarayonida panellar vaziyatini o’zgartirib turish tavsiya etilmaydi. Tasvir 13.2 da panellarni joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo’lib, ular o’rnatib chiqilgandan so’ng albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar joylashuvi o’zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o’tib panellarning oldingi vaziyatini tiklash mumkin bo’ladi.
|
| |