|
1-bob. Autocad dasturi haqida umumiy tushuncha
|
bet | 4/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Символ» - Belgi faol tugmasi. U orqali ko’plab belgilanishlarni kiritish mumkin. Masalan: diametr, radius, burchak, kvadrat, kub, delta va h…
Harflarning og’ish burchagini belgilab beradi.
Harflar orasidagi masofalarni belgilab beradi.
Harflarni kengligini belgilab beradi.
2. «Однострочный» - Bir qatorli matn kiritish.
Ushbu funksiya bir qatorli so’zlarni, son va raqamlarni, belgilanishlarni kiritish uchun qo’llaniladi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda matn kiritiladigan joy sichqoncha orqali tanlanadi. Ikkinchi bosqichda harf balandligi klaviatura orqali kiritiladi. Uchinchi bosqichda esa qatorning og’ish burchagi sichqoncha yoki klaviatura orqali kiritiladi.
3. «Редактировать» - Tahrirlash tugmasi
Ushbu funksiya tanlanganda kursor ob’ektni tanlashni so’raydi. Sichqoncha kursori tayor matn ustiga keltirib bosilganda «Формат текста» oynasi ishga tushadi va matnni tahrirlash imkoniyati vujudga keladi. Ya’ni tuzatishlar, qo’shimchalar kiritish va h…
4. «Найти» - Qidirish tugmasi Interfaol tugma tanlanganda «Поиск и замена»- Qidirish va almashtirish axborot oynasi ekranga chiqariladi.
Ushbu oynaning «Строка для поиска:» bandiga qidirilayotgan matn,
«Заменить на:» bandiga esa
almashtiriladigan matn kiritiladi.
So’ng «Найти»-Qidirish, «Заменить»-Almashtirish, «Заменить все» - Hammasini
almash-tirish, «Выбрать все» Hammasini tanlash, «Зумировать» Katta- kichiklashtirish faol tugma-lari aktivlashadi. Ulardan keraklisi tanlanadi va «Закрыть» - Yopish tugmasi
bosiladi. 5. «Текстовые стили» - Matn uslublari Ushbu tugma bosilganda ekranda «Текстовые стили» - Matn uslublari oynasi ishga tushadi. Shuni aytib o’tish joizki, matn kiritishdan oldin dastlab aynan shu oyna parametrlarini o’rnatib olish lozim.
Ushbu parametrlarga shrift turlari, o’lchami, turli vaziyatlarda ko’rinishi
kiradi. Aks holda Ko’p qatorli yoki Bir qatorli matn kiritish tugmalari
bosilganda har safar matn turi va o’lchamini kiritishga to’g’ri keladi.
Endi ushbu oyna bandlari bilan tanishib chiqsak.
|
| |