|
«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi
|
bet | 7/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishi«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi.
Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.
Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri nur buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» -
Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter”
tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa
o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
«Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
Izoh: Tahrirlash panelidan foydalanib nur to’g’ri chizig’ining kerakli qismi
saqlanib, keraksiz qismi o’chirilishi mumkin
|
| |