|
AutoCAD dasturiy paketi qism dasturlari bilan tanishish
|
bet | 3/30 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #230869 |
Bog'liq MI304-gr. Abror. Kurs ishiAutoCAD dasturiy paketi qism dasturlari bilan tanishish
«Начало установки» (Oʻrnatishning boshlanishi) saxifasida «Далее» tugmasi bosiladi va fayllar CD diskdan kompyuterga koʻchirilishi boshlanadi. Fayllar koʻchirib boʻlingandan soʻng «Установка завершена» (Oʻrnatish tugadi) saxifasi chiqadi.
«AutoCAD uspеshnо ustаnоvlеn, nаjmitе knоpku Gоtоvо» (AutoCAD toʻliq oʻrnatildi, endi «Gоtоvо» tugmasini bosing) axborot oynasidan «Gоtоvо» - Tayor tugmasi bosiladi.
―AutoCAD ishga tushirilgandan soʻng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari oʻrnatilishi lozim. Ushbu parametrlar oʻqituvchi tomoidan oʻrnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
2-BOB. AutoCADda 2D modellashtirish panellari
2. 1. Chizish asboblar paneli
AutoCAD panellari asosan piktogramalardan iborat bo’lib, piktogramma biron bir buyruqni rasmli tugma shklidagi ko’rinishidir.
«Текст» - Matn taxrirlash paneli.
Ushbu panelning asosiy funksiyasi matn yaratish va mavjud matnlarni tahrirlashdan iboratdir. Panelda bir qator ma’lum bir funksiyalarga ega bo’lgan interaktiv tugmalar mavjud.
1. «Многострочный» - Ko’p qatorli matn kiritish.
«Однострочный» - Bir qatorli matn kiritish.
«Редактировать» - Tahrirlash.
«Найти» - Qidirish.
«Текстовые стили» - Matn turlari.
«Масштаб» - Masshtab.
«Выравнивание» - Tekislash.
«Преобразовать в единицы другого пространства» - Boshqa muxit o’lchov birligiga o’tkazish.
1. «Многострочный» - Ko’p qatorli matn kiritish. Usbu faol tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi matn kiritiladigan hududning dastlabki satrini bosh vaziyatini, tanlangandan so’ng esa oxirgi satrning matn tugatiladigan joyini belgilab berishni so’raydi. Ya’ni matn kiritiladigan hududni to’g’ri to’rtburchak shaklida yuqori chap burchagini va pastki o’ng burchagini belgilab berishni so’raydi. Ushbu jarayon bajarilgandan so’ng ekranda matnni kiritish uchun «Формат текста» qo’shimcha axborot oynasi ishga tushadi. Ushbu oynadagi aksariyat faol tugmalar bizga WINDOWSning boshqa dasturlaridan tanish. Quyida bizga notanish bo’lgan faol tugmalar funksiyasi bilan tanishib chiqsak.
Bosh harflarni kichik harflarga va kichik harflarni bosh harflarga o’giradi.
Kiritilayotgan matn ustida chiziq chizib borilishini ta’minlaydi.
|
| |