|
Modellarda ma‘lumotlarning tuzilmalari
|
bet | 17/80 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 281,59 Kb. | | #130407 |
Bog'liq 1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.orgModellarda ma‘lumotlarning tuzilmalari. Ma‘lumotlarning namunaviy tuzilmalariga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlarning elementi, ma‘lumotlarning agregati, yozuv, ma‘lumotlar bazasi va h.k. Bu elementlar va agregatlar o‘zaro aloqada bo‘lgan tuzilma bilan tavsiflanadi. Shuning uchun yozuvning tuzilmasi ierarxik harakterga ega bo‘lishi mumkin. Bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuv nusxalari to‘plamining hammasi yozuv turini tashkil etadi.
Tarmoqli ma‘lumotlar modeli. Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi. Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi.
Tarmoqli strukturalarida element ixtiyoriy boshqa element bilan bog`lanishi mumkin. Ya‘ni, tarmoqli bir necha kichkina obyektlardan topgan yirik obyekt deb qarash mumkin.Ushbu chizmada bog`lanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan.
Shunday qilib, tarmoqli model ma‘lumotlar elementlari orasidagi xilma-xil bog`lanishlarni ixtiyoriy ko`rinishdagi grafik yordamida akslantiradi. Tarmoqli model yozuvlar to`plami va mos bog`lanishlar to`plamidan tashkil topadi. Bog`lanishlarni yaratish uchun alohida
cheklanishlar qo`yilmaydi. Misol: oddiy tarmoqli MB sxemasi sifatida quyidagini keltirish mumkin.
Ma‘lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma‘lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Real dunyo obyektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:
|
| |