• Marketing-miks (marketing majmuasi)
  • Marketingni rejalashtirish
  • Marketingda tarmoq yondashuvi




    Download 1,13 Mb.
    bet84/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko’p tomonlama o’zaro aloqalari jarayonini aks ettirish kontseptsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o’zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurslar o’zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi bo’ziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogi a’zolari o’rtasida resurslar ayirboshlash “qaramlik” va “xokimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o’zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.
    Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy Qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
    Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini to’zish, tovarlarni sotish hajmining usishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyaisi tanlash bilan bog’liq jarayon.
    Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifiqatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo’linmalarining o’zaro harakatlari sxemasi turlari. Funktsional, mahsulot, bozor va matritsa strukturalari va ularning modifiqatsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.
    Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy Qismi, bevosita firmaning o’ziga va uning mijozlarga xizmat ko’rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taallukli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
    Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo’yicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta’sir ko’rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
    Motivatsiya-bu shaxslarda ma'lum bir vaqtda aktivlikni faollikni vujudga kеltiruvchi xamda ularni qandaydir tovarlarni sotib olish uchun undashga yo’naltirilgan turtkidir. Motivatsiya taxlili - istе'molchilar xulq-atvori motivini tadqiqot qilish uchun ishlatiladi. Markеting fanidan istе'molchilar xulq-atvorini taxlil qilishda, ko’pincha Frеyd va Maslou motivatsiya nazariyalari qo’llaniladi.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




    Download 1,13 Mb.