• Marketing byudjeti
  • Marketing jarayoni
  • Marketing kontseptsiyasi
  • Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash




    Download 1,13 Mb.
    bet80/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing xujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulk-atvori to’g’risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saklashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kuyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menedjmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni “iste’mol uchun tayyor” axborotga aylantirish.
    Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar mikdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo’yicha) aks ettirilgan ko’rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo’limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
    Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va goyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo Taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog’liq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
    Marketing kommuniqatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul kiluvchi), vositalar, kanallar, to’g’ri (xabar) va tesqari (qabul kiluvchining taxriri) aloqalar majmui; 2) insonlar urtasidagi o’zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
    Marketing kontseptsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, koida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq holatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis kontseptsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash

    Download 1,13 Mb.