|
1-bob. Plastik kartochkalardan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 16/22 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 2,35 Mb. | | #251970 |
Bog'liq Pilastik Kartochkalar Bilan Hisob-Kitoblar va Ularni Takamolashtirish yo\'lari3.2. O‘zbekiston to‘lov tizimida plastik kartochkalardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari
O'zbekistonda hozirda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi juda keng tarqalgan. Joylarda plastik kartochkalar egalariga kechayu kunduz xizmat ko'rsatishga imkon beruvchi axborot-ma'lumot terminallari tarmog'i ishlab turibdi, terminallar, bankomatlar va infokiosklarni ta'mirlash bo'yicha servis xizmatlari tashkil etilgan.Plastik kartalaridan foydalanish yilda yilga oshib bormoqda va bu aholi uchun juda qulay hisoblanib kelmoqda.Bunga misol qilib chet elda deyarli naqt pul hisob kitoblarda ishlatilmasligini misol qilishimiz mumkin.
16
2014 yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 sentabrda qabul qilingan “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445–sonli Qarori bilan ushbu tizimni kengaytirish borasidagi ilk reja ko‘rsatkichlari, shuningdek to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish terminallari bilan jihozlanadigan ob’ektlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shu bilan bir qatorda, mazkur qarorga muvofiq mamlakatda Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq, barcha tijorat banklari plastik kartochkalar tizimida ish olib borilishiga zamin yaratildi.
Ma'lumki, pul muomalasi pullarning naqd va naqdsiz ko'rinishdagi harakati bo'lib, muomala va to'lov vositasi vazifasini bajarib, tovar va xizmatlar aylanmasini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy jarayonlarda naqd pul aylanmasi naqdsiz pul aylanmasiga nisbatan kam bo'lsa-da, uni tashkil etish, kassa operatsiyalari, chiqarish va tashish ancha mehnat va vaqtni talab etadi.
Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yo'nalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi. Milliy matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda ta'kidlanganidek, ayni paytda barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan plastik kartochkalar bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan Banklararo to'lov tizimi faoliyat ko'rsatmoqda.
Shuningdek, mikroprotsessorli plastik kartochkalar va to'lov terminallarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Bu tizim xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida hamda milliy va xalqaro hisob-kitoblarni aniq vaqtda amalga oshirish, pul-kredit siyosatini samarali yuritish, pul oqimini boshqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmokda. Eng muhimi bank-moliya bozori barqarorligi ta'minlanmoqda. Bank plastik kartalaridan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjud. U plastik egalarini yirik miqdorda naqd pul olib yurishdan xalos etish barobarida, vaqtlarini ham tejaydi. Qolaversa, mijozlar bank kartochka hisobvarag'ida turgan pullardan foiz ko'rinishida daromad olishlari mumkin. Bu soliqqa tortilmaydigan qo'shimcha daromad sanaladi.
- Plastik kartalar tizimining rivojlantirilishi chakana savdo, pullik xizmat ko'rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalariga qog'oz pullarni sanash, saqlash, tashish kabi kassa xizmati xarajatlarini hamda ularga sarflanadigan vaqtni tejashiga sharoit yaratdi, - deydi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori o'rinbosari Nazirjon Safarov.
- Shuningdek, korxonalarning hisobvaraqlariga pul mablag'lari o'tkazilishi tezkorligi hisobiga savdo aylanmasi o'sdi. Bu bilan hisob-kitoblarning sog'lom mexanizmi shakllanib, pul mablag'lari aylanishini nazorat qilib borish evaziga pul-kredit tizimini yuritish samaradorligi oshdi va pul massasini boshqarish, muomaladagi naqd pul umumiy massasini maqbul me'yorda saqlab turishga olib keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugun respublikamiz bo'yicha 12,4 mln. donadan ortiq plastik karta muomalaga chiqarilgan. Savdo va xizmat ko'rsatish obyektlariga 149 mingdan ortiq to'lov terminallari o'rnatilgan. Plastik kartalar vositasida ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lami va infrastrukturasining kengayishi tranzaksiyalar hajmida ham aks etmoqda. Xususan, shu yilning 6 oyi mobaynida plastika kartalar orqali tranzaksiyalar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko'p bo'ldi. Anjumanda e'tirof etilganidek, bank amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi Internet va mobil telefondan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi paytda 57,5 mingdan ortiq mijoz internet-banking, salkam 363 ming mijoz mobil-banking xizmatidan foydalanmoqda.
Bugungi kunda jahonning yirik savdo kompaniyalari an'anaviy savdo usullaridan foydalanish bilan birga elektron tijoratdan ham keng foydalanmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizi xaridlarni internet tarmog'i orqali amalga oshirmoqda va bu raqam kundan-kunga o'sib bormoqda. O'zbekistonda ham "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat respublikada elektron tijoratni yanada rivojlantirish va rag'batlantirishni ko'zda tutadi. Shu bilan birga, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda qo'shimcha sharoitlar yaratadi va texnologik bozor infrastrukturasini shakllantiradi. Matbuot anjumanida bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimini yanada yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan yana boshqa loyihalar xususida ham jurnalistlarga batafsil ma'lumot berildi.
Markaziy bank va O‘zbеkiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank krеdit tashkilotlari amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rеjasini ishlab chiqdi. “Joriy yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tarif rеjasiga ko‘ra, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar O‘zbеkiston
Rеspublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda bеlgilandi, - dеdi Markaziy bankning Pul muomalasi dеpartamеnti dirеktori o‘rinbosari Faxriddin Boboyev. - Hozirga qadar plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 1 foizi miqdorida kapitallashtirilar edi”.17
Endilikda jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pеnsiya, nafaqa, stipеndiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi qat’iy bеlgilab qo‘yildi.
SHuningdеk, bank emitеntidan qat’i nazar, jismoniy shaxsning plastik kartochkasidagi mablag‘lar boshqa bir jismoniy shaxs plastik kartochkasiga o‘tkazilganda yoki kirim qilinganda bank xizmati haqi undirilmaydi. “Buni oddiy qilib aytsak, - dеya davom etdi F.Boboyev, - A bankning mijozi o‘z plastik kartochkasidagi pullarni B bankning mijozi bo‘lgan shaxs plastik kartochkasiga istalgan hududda o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Hozirga qadar bu tarzda, ya’ni bir bankning mijozi ikkinchi bir bank mijoziga pul o‘tkazishi tеxnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilmas edi. Bu kabi qulaylik, shubhasiz, naqd pulga bo‘lgan talabni kamaytirib, pul aylanishining tеzlashishiga sharoit yaratadi”.
Shuningdеk, yangi tariflar rеjasida tadbirkorlik sub’yektlariga ham qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ular uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganda bank xizmati haqi Markaziy bank rasmiy kursi bo‘yicha 5 yevrogacha pasaytirildi. Ilgari bu miqdor mijoz bilan kеlishuv asosida 20 yevrogacha etib bеlgilangan edi. Yangi tariflardagi yana bir o‘zgarish yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning shikastlangan va yo‘qotilgan korporativ kartochkalari bilan bog‘liq. Yaroqsiz va yo‘qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib bеrilayotganda bank 10 yevrogacha (ilgari 25 yevrogacha) xizmati haqi undiradi.
F.Boboyevning ta’kidlashicha, banklar tomonidan plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilayotgan qulayliklarni kеngaytirish borasidagi izlanishlar kеlgusida ham izchil davom ettiriladi.
Siz Agrobank so’m plastik kartochkasi orqali:
- viloyat markazlarida va tumanlarda joylashgan filiallarda naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- plastik kartochka hisob raqamidagi mablag’ingizni istagan vaqtingizda ko’paytirish yoki plastik kartochkangiz hisob raqamidagi mablag’ni istagan vaqtingizda olishingiz mumkin;
- butun respublika bo’ylab o’rnatilgan bankomatlardan naqd pul olishingiz mumkin;
- Respublika miqyosidagi savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan terminallar orqali naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lasiz;
- maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, uyali aloqa kompaniyalarida xizmat haqini to’lash, tovarlar sotib olish, mehmonxona, avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxhobchalaridan va metrodan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz;
- Respublika bo’ylab joylashgan maxsus kassalarda terminallar orqali kommunal to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin;
- plastik kartochkangiz hisob raqamiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni belgilangan tartibda naqd pulsiz o’tkazishingiz mumkin.
“Asaka” bank plastik kartasi bu:
Do’kon, mehmonxonalar, yoqilg’i quyish shaxobchalarida, metrida mol va xizmatlar uchun, uyali aloqa va boshqa xizmatlar uchun qulay to’lash vositasi;
Tez va oson avtokredit to’lash imkoniyati;
O’rta oylik mablag’ qoldig’iga har oyda qo’shimcha daromad;
Pul mablag’larini karta yo’qolganda yoki o’g’irlanganda saqlab qolish imkoniyati, chunki karta yo’qolsa ham, pullaringiz qoladi;
Qog’oz pullarini soxtalash bilan bog’liq xavf mavjud emasligi;
Plastik karta bo’yicha amaliyotlar ro’yxati asosida pul mablag’laringiz sarflanishi ustidan oson va qulay nazorat;
Karta yo’qolishi yoki o’g’irlanishidan sug’urtalash;
UZCARD EMV plastik kartasi - bu «UZCARD» mahalliy banklararo to‘lov tizimi kartasi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB yuridik va jismoniy shaxslar uchun «UZCARD» bank plastik kartalarini taklif etadi. Foydalanishda qulayligi va soddaligi tifayli ushbu kartalar Sizga kunlik shaxsiy hayotingiz va ish faoliyatingizda yordamchi bo‘ladi. Pensiya yoki ish haqining plastik kartaga tushirilishi Sizni naqd pullarni hamyoningizda olib yurishindan ozod etadi va mablag‘lar xavfsizligi, o‘zaro hisob-kitoblar aniqligini ta’minlaydi.
«UZCARD» plastik kartalari ish haqi va pensiyalarni tushirish uchun bepul taqdim etiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalarida hamda bankda «UZCARD» plastik kartalar vositasida sarf-xarajat amaliyotlarini bajarishda komissiya undirilmaydi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oxirgi yillarda rivojlanib borayotgan shakli bu - plastik kartochkalardir. Plastik kartochka - bu shaxsiy to'lov vositasi bo'lib, uni kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulga to'lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek, banklar va bankomatlardan naqd mablag`larni olish uchun ishlatiladi. O'zbekistonda ham plastik kartochkalar bilan operatsiyalar 1994-1995-yillardan amaliyotga tatbiq etilgan bo'lib, plastik kartochkalar soni, bu kartochkalar orqali o'tkazilgan operatsiyalar soni va summasi, terminal va bankomatlar soni yildan - yilga ortib bormoqda. Plastik kartochka, tegishli bankda, kartochka egasining hisobvarag'i mavjudligini, tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar, yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to'lov vositasini o'zida ifoda etadi.
To'lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to'lov majburiyatlarini bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun kartochkalar o'zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo'lib qoladi, mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar Plastik kartochkada, albatta bir xil ma'noli identiflkatsiya qiladigan emitentning nomi va logotipi qayd qilinishi shart. Plastik kartochkalar, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi, yoki xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi bo'ladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek, naqd pul berish punktlari va bankomatlardan naqd pul olishda qo'llaniladi.18
|
| |