• 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar
  • 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi




    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/40
    Sana04.04.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #187988
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    Ta`lim to`g`risidagi qonun (O‘RQ-637 23.09.2020)
    5-10-sinflar Yosh matematiklar, 6-sinf matematika to\'garak, 2.03-Inform-oqitish-metodikasi-uzb222222222222222, Результат - 170035878, 422023, Doc1, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, 2.Turizm sohasida transportda tashish turlari va ularning (1), mmmmmm, ERGASHOV UMIDJON, 745792, 1-amaliy, Questions and answers on criminal law Uzb, 1, PARDAYEVA SARVINOZ oxirgisiiiii


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
    TA’LIM TO‘G‘RISIDA 
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
    Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga 
    solishdan iborat. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik 
    Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik 
    hujjatlaridan iboratdir. 
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
    Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan 
    boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
    (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
    03/21/683/0375-son)
     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
    15-moddasi

    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
    davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, 
    shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari 
    deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga 
    hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda 
    ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining 
    taqdim etilishidan iborat jarayon;
    davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
    tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim 
    standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa; 
    davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va 
    sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; 
    davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga 
    oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, 
    intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;


    malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga 
    tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan 
    tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; 
    mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy 
    tayyorgarlik turining nomi; 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari 
    va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga 
    oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim 
    xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
    (3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
    yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
    Qonuni
     tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
    milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
    tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni 
    har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar 
    va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; 
    ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy 
    ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka 
    hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 
    tizimli jarayon;
    ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-
    tadqiqot 
    institutlarini 
    (markazlarini), 
    ishlab 
    chiqarish 
    majmualari 
    va 
    texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash 
    joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport 
    inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda 
    inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy 
    tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; 
    ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga 
    yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, 
    pedagog xodimlar va ularning vakillari
    ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini 
    baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv 
    dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash 
    bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.

    Download 1.14 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish