Darsning maqsadi
Maqsadlar:
a) ta’limiy maqsad - xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida ma’lumot berish.
b) tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
v) rivojlantiruvchi maqsad – kompyuter savodxonligini o’stirish
Tayanch kompetensiyalar:
1.Kommunikativ
2.Axborot bilan ishlash.
3.Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish.
4.Ijtimoiy faol fuqarolik.
5.Umummadaniy
6.Informatik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish.
|
Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, mustahkamlab xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-
gigiyena talablari haqida tushuncha berish. ”Sifat belgisi” o’yini o’ynaladi.
|
Ko’rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-
gigiyena talablarini kompyuter misolida amalda qo’llash.
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomatni aniqlash
v) darsga tayyorgarlikni aniqlash
Dars jarayoni:
Aziz o'quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ish-laydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va I sog'lig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vositasi bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari deb ataladi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
® kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
® kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;
® qurilmalardagi murvatlarni burash;
® monitorga qo'l va boshqa narsalarni tek-kazish, himoya qopqoqlarini ochish;
® qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
® kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
® qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
® xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan)
moddalarni olib kirish, xonani changitish;
® kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
® kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
® qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
® ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.
Sanitariya-gigiyena talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shun-ga ko'ra, kompyuterdan foy-dalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
♦ O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va hapdan tushishi, display ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.
♦ Xonadagi havo harorati
o'rtacha 20—24 daraja oralig'ida bo'lishi lozim.
V—IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25—30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.
O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50—60 sm narida o'tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2—3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar
Ko'z uchun:
Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qara-masdan bajariladi.
1—4 hisobda ko'z mushaklarini tarang tortib, ko'zni yuming, 1—6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4—5 marta takrorlanadi).
1—4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni char chashgacha olib kelmang, ko'zni yuming. So'ngra 1—6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4—5 marta takrorlanadi).
1—4 hisobda boshni burmasdan o'ngga qarab turing. 1—6 hisobda to'g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko'zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 1—6 hisobda qarashni diagonal bo'yicha o'ng yuqori burchakka, o'ng past burchakka, so'ngra 1—6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o'tkazib, so'ngra uzoqqa qarang (3—4 marta takrorlanadi).
Tana uchun:
Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.
1) 20—30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish.
Dastlabki holat — qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. 2- hi-sobda qo'llar yonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 3- hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).
Dastlabki holat — qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda tana o'ngga buriladi. 2- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 3- hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 5—8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?
Kompyuterning inson sog'lig'iga zararli tomonlarini so'zlab bering.
Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini so 'zlab bering.
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid rasmlar chizing.
Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak?
Sanitariya-gigiyena talablarini izohlovchi rasmlar chizing.
Darsni yakunlash
Dars umumlashtiriladi.
Darsda qatnashgan o’quvchilarni baholash
Uyga vazifa 3-mashq.
Ko’rildi: O’IBDO’
2-dars
Mavzu: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, qurilmalar vazifasi
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalarini o’quvchilarga yetkazib berish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Sifat belgisi”, “T metodi”, “Baliq skeleti”, “Kim chaqqon?”, “Blits o’yini” o’yinlari.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: darslik, rangli ko’rgazmalar, harakatli ko’rgazmalar, tarqatma testlar, plakatlar, kompyuter, interaktiv doska, slaydlar.
Nazorat: o’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: o’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
a) Ta’limiy maqsad - Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari
haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy maqsad – Kompyuter jihozlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatish.
v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
1.Kommunikativ
2.Axborot bilan ishlash.
3.Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish.
4.Ijtimoiy faol fuqarolik.
5.Umummadaniy
6.Informatik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish.
|
|