• 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • 1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




    Download 2,52 Mb.
    bet10/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230
    2. O’tilgan mavzuni so’rash. So’rash uchun o’quvchilar soniga mos savol va javob kartochkalari tayyorlanadi va barcha o’quvchilarga tarqatiladi. Bir boshdan savolni o’qish taklif etiladi. Javobi kimga bo’lsa o’sha o’quvchi o’tirgan o’rnidan javobni o’qiydi. Bu usulimiz “Qo’shningni top “ o’yinidir. Aslida esa savol-javob usulidir.

    3. Yangi mavzuning bayoni.

    O’quvchilarga jamiyat rivojlanishining asosiy bosqichlari haqida tushuncha beriladi. Bunda fanlararo aloqaga e'tibor qaratiladi. Tarix darslarida o’tilgan kishilik jamiyatining rivojlanishi va unda fan-texnika rivojlangan mamlakatlar, hatto qit’alarda katta davlatchilik tashkil topganligi, bu mamlakatlarning iqtisodiy, texnik, siyosiy jihatdan baquvvat bo’lib, boshqa mamlakatlarga o’z ta'sirini o’tkazganligi eslatiladi. O’qotar qurollarning paydo bo’lishi, mashina, mexanizmlarning yaratilishi insonlar hayotida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ham tubdan o’zgarishiga olib kelganligi tushuhtiriladi. Fan va texnikasi rivojlangan mamlakatlarning hatto shu kunda ham dunyo siyosatini belgilab turishini o’quvchilar ongiga yetkazish zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida ham fan va texnika rivojlanishiga katta e'tibor berilayotganligi, ilmiy izlanishlar olib borish uchun maxsus Fanlar Akademiyasi borligi, Universitetlarning ilmiy laboratoriyalarida chet ellarda tan olinayotgan yangiliklar ochilayotganligi gazeta va jurnallarda bosilib chiqqan maqolalar orqali ishonchli tarzda o’quvchilar ongiga yetkaziladi. O’zbekistonlik olimlar hayoti va fan rivojlanishiga qo’shgan hissalari to’g’risida ma'lumotlar beriladi. Fizik kattaliklar va ularni o’lchash haqida ma’lumot beriladi. Chizg’ich yordamida o’rganadigan uzunlik va uning o’lchov birligi tushuntiriladi. Uzunlikni o’lchashda qanday qilib xalqaro kelishuvga erishilganligi aytilib, metr haqida tushuncha beriladi. Shundan foydalanib, o’quvchilarda fizik kattalik tushunchasi shakllantiriladi. Chizg’ich misolida shkala, o’lchash aniqligi, o’lchash chegarasi to’g’risidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Darsni mustahkamlash uchun tashkil etilgan guruhlarda darslikda shu mavzuda keltirilgan amaliy topshiriq bajariladi yoki menzurka yordamida stakandagi suv hajmi aniqlanadi.




    Download 2,52 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

    Download 2,52 Mb.