3. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzu mazmunini ochish uchun o’quvchilarga shunday yo’naltiruvchi savollar qo’yilishi mumkin:
1. Nima sababdan aynan bitta modda qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lishi mumkin?
2. Moddaning qanday eng kichik zarrachasi uning asosiy xossalarini saqlab qoladi?
O’quvchilarning fikrlarini tinglagandan so’ng darslikni ochib o’qish va qo’yilgan savollarga javob yozish taklif etiladi. Savollarga javob qidirish borasida molekula tushunchasi kiritiladi. Darslikda keltirilgan moddalar molekulasining tuzilishi ko’rsatiladi. Plakatlardan boshqa moddalar molekulalarining tuzilishi ham ko’rsatiladi. Shundan so’ng atom tushunchasi kiritiladi.
|