2. O’tilganlarni takrorlash
O’tilganlarni takrorlash maqsadida savollat tuziladi va baliq shaklida qirqiladi. O’yin quyidagicha o’tkaziladi. Magnit ,ip,ingichka yog’och taxtadan qarmoq yasaladi. Savol yozilgan baliqchalarga skripka mahkamlanadi. Poyafzaldan bo’shagan qutini olib baliqlar solinadi. O’quvchilar navbat bilan kelib baliqni tutib , unga yozilgan savolga javob beradi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Yangi mavzuni o’rganishdan oldin muammoli savol qo’yilishi mumkin. Masalan:
Issig kunda qanday ko’ylakda chidash oson? Paxtadan bo’lgan ko’ylakdami yoki sintetik tolali ko’ylakdami (neylon)? Nima uchun?
Albatta, ko’pchilik o’quvchilar buni o’z boshlaridan kechirgan bo’lishlari mumkin. Shu sababli "paxtali ko’ylakda" deb to’g’ri javob beradilar. Lekin sababini tushuntirishda qiynaladilar. Albatta bu diffuziya mavzusini o’rganishga sifat jihatdan misol bo’la oladi. Sababini ochishni keyinroqqa qoldirib, suvda margansovka erishi, xonada hidning tarqalishi kabi tajribalar namoyish qilinadi. Shundan so’ng diffuziya hodisasi mazmuni to’la ochiladi. Gazlarda, suyuqliklarda diffuziyaning borish tezligining o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatiladi. Qattiq jismlarda kuzatilgan tarixiy tajriba (oltin va qo’rg’oshin plastina) gapirib beriladi. Bu darslikda batafsil keltirilgan. Oxirida paxtadan qilingan ko’ylak tolalari orasidan suv bug’lari bemalol o’tib ketishi, sintetika ko’ylak esa o’tkazmasligi aytilib, hodisaning mohiyati ochib ko’rsatiladi. Diffuziya mavzusiga quyidagi maqollarni bog’lash mumkin.
1. Nonning isini yashirib bo’lmas.
2. Isiriqdan jin qochar - mushtumdan jinni.
3. Mis qozonning misi chiqar, yashirganning isi chiqar.
Adabiy tahlili: Biror yegulik yashirib eyilsa, hidi oshkor qiladi yoki mis qozonda ovqatni pishirib tez olish kerak, misi chiqib ovqatning ta’mi buziladi, insonga zarar qilishi mumkin..
Fizikaviy tahlili: Molekulalarning tartibsiz harakati tufayli ikki jism molekulalarining bir-biriga aralashib ketishi diffuziya hodisasi deyiladi.
|