Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: Binar, og’zaki so’rov, mustaqil ish. “Baliq ovi” didaktik o’yin. FSMU.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi. va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Tajriba-namoyish uchun kerakli jihozlar.(rangli suyuqlik, idishlar.odekalon, kaliy permanganat ya’ni margansovka)
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
O’quvchilarga Broun, Itarishish kuchi, tortishish kuchi,tartibsiz harakat, molekula ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar bir daqiqadan so’ng guruh nomini taqdim etadilar.
Tashkiliy qismda uyga berilgan amaliy topshiriqlarning bajarilishi tekshiriladi va natijalari sinfda umumiy muhokama qilinadi. Topshiriqni to’la bajargan va tushuntira olgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
|