4. Darsni mustahkamlash.
Darsni mustahkamlash uchun sinf o’quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi.. Doska o’rtasidari chiziq tortilib, quyidagi yoziladi:
Diffuziya hodisasining foydali tomonlari
|
Diffuziya hodisasining zararli tomonlari
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
O’quvchilar guruh bo’lib javob yozadilar.
Quyidagi savollar og’zaki muhokama etiladi.
1. Diffuziyaning borish tezligi nimalarga bog’liq?
2. Molekulalar orasidagi itarishish kuchlari diffuziyaga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Multimediya darslikdagi savollar ham og’zaki muhokama etiladi.
“Diffuziya” mavzusi FSMU metodi bilan quyidagicha mustahkamlanadi.
Fikr: Molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga qo’shilish hodisasi. Sabab: Molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida paydo bo’ladi. Temperatura oshsa diffuziya tezligi oshadi. Gazlarda diffuziya hodisasi tez kechadi, suyuqliklarda sekinroq kechadi, qattiq jismlarda esa juda ham sekin bo’ladi, sababi qattiq jismlarning molekulalari zich joylashgan. Misol: Atirning isi tez tarqaladi. Ovqatning isi. Qandchoy hosil bo’lishi. Go’shtni tuzlash. Tuzli bodring, pamidor tayyorlash. Umumlashtirish: Diffuziya hodisasi molekulalarning o’z-o’zidan bir-biriga aralashib ketish hodisasidir. Bu hodisa molekulalarning uzluksiz va tartibsiz harakati natijasida paydo bo’ladi. Diffuziya hodisasi temperaturaga bog’liq. Temperatura oshsa diffuziya tezligi ham oshadi. Gazlarda diffuziya hodisasi tezroq, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda ham sekin kechadi.
|