Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: “Sayohat” nomli didaktik o’yin. Savol-javob. Ajurli arra(zig-zag), Bingo o’yini.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi. va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Qattiq jismlar molekulyar tuzilishi haqidagi modellar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Diffuziya, Broun, suv, muz, suv bug’i, osh tuzi ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. Taqdimot 1 daqiqadan song o’tkaziladi.
2. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tilganlar takrorlanib, o’quvchilar baholanadi.
3. Yangi mavzuning bayoni.
Shundan so’ng quyidagicha topshiriq beriladi. Birinchi va to’rtinchi guruhga gazlarning tuzilishi, ikkinchi va beshinchi guruhga suyuqliklarning tuzilishi, uchinchi va oltinchi guruhga qattiq jismlarning tuzilishini o’rganish topshiriladi. O’rganish uchun 5 - 6 daqiqa vaqt beriladi.. So’ng har bir guruhdan spikerlar chiqib taqdimot qiladi.Dars yakunida o’qituvchi kuzatgan va eshitganlariga qarab, o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar tuzatiladi. Qattiq jismlarning tuzilishini quyidagi maqollar bilan bog’lash mumkin.
1. Temirchining qo’lida temir erib suv bo’lar.
2. Temirni qizig’ida bos.
3. Sovuq temir cho’zilmas.
Adabiy tahlili: Har bir buyum yoki narsa o’z ustasining qo’lidan chiroyli bo’lib chiqadi. Har gap o’z vaqtida gapirilishi, ish ham o’z vaqtida bajarilishi kerak.
Fizikaviy tahlili: Temirni eritsak, uning kristal panjarasi buziladi va undan turli shakllar yasash mumkin. Temir qotayotganda, uning kristal panjarasi yana tiklanadi
O’qituvchi quyidagi ta’limiy o’yinni bajarsa fizika fanini jismoniy tarbiya bilan bog’lagan bo’ladi.
“ Suv, gaz, qattiq jism” o’yini “
O’yinga butun sinf o’quvchilari taklif etiladi.(Agar shovqin bo’ladi desangiz 10 ta bola bilan o’yinni tashkil eting.) Ularning har biri molekula bo’ladi. O’quvchilarga o’yin sharti tushuntiriladi.
Agar gaz holati deyilsa ular bir-biridan uzoq-uzoq joylashib tartibsiz harakat qiladilar. Agar suyuqlik desak ular bir-biriga ozgina yaqinroq kelib, yana tartibsiz harakat qiladilar. Agar qattiq jism desak ular aylanalarni tashkil qilishlari kerak. Aylanalarda taxminan 6tadan bola bo’lishi mumkin.
Ular bir-biriga yaqin turib, bir joyga turgan holatda tebranib turishlari lozim. Bu o’yin o’quvchilarga gaz, suyuqlik, qattiq jismlar molekulalarining tuzilishidagi farqni anglashga yordam beradi.
|