O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
DTS talabi: Moddaning zarrachalardan tashkil topganligi, ularning o’zaro ta’sirda bo’lishi hamda uzluksiz harakat haqida tasavvurga ega bo’lishi.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: Binar, mustaqil ish, guruhda ish,Og’zaki so’rov. Yo’naltiruvchi savollar.Darslik bilan ishlash.
Dars materiallari: 1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter.. CD disk.
2. Molekulalar modellari va ularning rasmi tushirilgan plakatlar. 3. Doska, bo’r.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Demokrit, Ar-Roziy, Beruniy, Ibn-Sino, modda, atom,Arastu ismlari yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar guruh nomi bo’yicha fikrlarini bildiradilar. Guruhlarning taqdimoti bilan o’tgan mavzu so’rab olinadi.
2. O’tilganlarni takrorlash uchun doskaga oldindan quyidagi savollarni yozib qo’yish mumkin:
1. Demokritning atom nazariyasi nimalardan iborat?
2. Beruniy atom tuzilishi to’g’risida ibn Sinoga qanday savollar yo’llagan?
3. Ibn Sino modda tuzilishi haqida qanday fikrlar aytgan?
4. Ar-Roziyning atomlar haqidagi fikrlari nimalardan iborat?
Bunday savollarga javoblarni o’quvchilardan og’zaki so’rov usulida olish mumkin.
|